Sony kompaniyasi PlayStation o‘yinlarini smartfonlarga moslashtiradi

Sony kompaniyasi PlayStation o‘yinlarini smartfonlarga moslashtiradi

Sony kompaniyasi o‘zining PlayStation o‘yinlarini smartfonlarga moslashtirish bilan shug‘ullanuvchi “ForwardWorks” deb nomlangan yangi bo‘limini taqdim etdi. Bu haqda VentureBeat xabar berdi.

“ForwardWorks”ning vazifasi Sony kompaniyasi o‘yinlari, texnologiyalari, personajlari va boshqa intellektual mulkini mobil qurilmalarga o‘tkazishdan iborat. Mobil o‘yinlar Android va iOS operatsion tizimlariga moslashtirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, bo‘lim eski o‘yinlar asosida yangilarini yaratishni maqsad qilgan. Bo‘lim o‘z ishini 1 apreldan boshlaydi.
Sony kompaniyasidan tashqari, mobil platformalarga boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar ham qiziqib qoldi. Avvalroq Nintendo kompaniyasi o‘yinlar o‘ynash imkoniyatini beruvchi Miitomo messenjerining chiqish kunini e’lon qilgandi.

Manba: Kun.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.