Stiv Voznyak o‘z bitkoinlarini sotgan emas, o‘g‘irlatgan ekan!

  •   DiMaX
  •  1122
  •  27.02.2018 16:20

Stiv Voznyak o‘z bitkoinlarini sotgan emas, o‘g‘irlatgan ekan!

Hozirda xorijda kriptovalyuta – raqamli pul juda avj olganidan xabaringiz bor. Uning turlari ko‘p, eng mashhuri – bitkoinning narxi «o‘ynab» turganini ham eshitgansiz. Apple hammuassisi Stiv Voznyak ham shu valyutadan olib, keyinchalik foydasiga sotganini ma’lum qilgan edi.

O‘QING: Stiv Voznyak barcha bitkoinlarini nega sotganini aytdi

Lekin Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Global Business Summit tadbirida o‘zining tan olib aytishicha, Stiv Voznyak bu bitkoinlari evaziga pul ola bilmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Voznyak bu savdoda firibgarga duch kelgan ekan. Ustasi farang firibgar Stivning barcha bitkoinlarini xarid qilgan, bunda to‘lovni kredit kartasi orqali amalga oshirgan. Keyin esa negadir to‘lovni bekor qilib, o‘z mablag‘ini qaytarib olgan. Lekin kriptovalyutani ham o‘zida qoldirgan –  blokcheyn tarmog‘ining xususiyatlariga ko‘ra, o‘tkazmani bekor qilish imkoni yo‘q. Uning bank kartasi ham o‘g‘irlangan bo‘lib chiqqan, shu bois firibgarni topish imkoni bo‘lmagan. Natijada Stiv Voznyak bitkoinlaridan ajralib qolavergan.

O‘QING: Bitcoin.com asoschisi barcha bitkoinlarini sotdi. Ertak tugayaptimi?

Aytish kerakki, Voznyak o‘zi blokcheyn texnologiyasini «xom» deb hisoblaydi. Ayrimlar uni kritoptovalyuta egalarini ishonchli himoyalaydi, deb o‘ylasa-da, aslida unday emas. Agarda firibgarlarning xatti-harakatlari sababli raqamli tangalar boshqa hisobga o‘tib ketsa, amalga oshirilgan tranzaksiyani bekor qilish imkoni yo‘q.

O‘QING: Durov kriptovalyuta chiqarib, Telegram foydalanuvchilarini ham millionerga aylantirmoqchi (+video)

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!