«Surayyo» dunyodagi ilk sun’iy yo‘ldosh smartfonini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1606
  •  12.04.2018 17:06

«Surayyo» dunyodagi ilk sun’iy yo‘ldosh smartfonini taqdim etdi

Uyali aloqa telefonlari tobora rivojlanib borayotgan bugungi kunda sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa qiluvchi telefonlar kishilarning biroz esidan chiqqandek. Ammo Thuraya Telecommunications kompaniyasi shu texnologiyani zamonaviy smartfonlar bilan uyg‘unlashtirdi.

O‘QING: AQSh harbiy sun’iy yo‘ldoshlari tizimini havaskor xakerlar ham buza oladi

Thuraya Telecommunications shu kungacha Yevropa, O‘rta Osiyo, Avstraliya va Afrika hududlarida sun’iy yo‘ldosh orqali telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Nomi o‘zbekchada «Surayyo» deb ataluvchi ushbu kompaniya sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llovchi dunyodagi birinchi smartfonni taqdim etdi. Thuraya X5-Touch deb nomlangan ushbu model Android operatsion tizimining Nougat talqini boshqaruvi ostida ishlaydi

«Yo‘ldoshfon»ning texnik xususiyatlari haqida ma’lumotlar kam. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, Thuraya X5-Touch diagonaliga 5,2 dyuymlik Full HD displeyga hamda NFC moduliga ega. Qurilma MSS standartiga mos kelishi, IP67 standartiga ko‘ra suvdan himoyalanganligi ta’kidlangan. Akkumulyatori haqida ma’lumot berilmagan.

Thuraya X5-Touch modeli ikkita SIM-karta bilan to‘laqonli ishlay oladi, radiomoduli ham ikkita. Ular bir vaqtning o‘zida sun’iy yo‘ldosh aloqasini ham, GSM tarmog‘i aloqasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

«Surayyo» kompaniyasi X5-Touch modelining narxini ham ma’lum qilmagan. Mazkur smartfon hali joriy yilning to‘rtinchi choragidagina savdoga chiqariladi.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!