Taniqli kompaniya o‘z noutbuklarini qaytarib olyapti – ularning akkumulyatori portlashi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1126
  •  12.02.2018 13:25

Taniqli kompaniya o‘z noutbuklarini qaytarib olyapti – ularning akkumulyatori portlashi mumkin!

Laptop ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda eng taniqlilaridan hisoblangan Fujitsu kompaniyasi o‘zining 13 modeldagi noutbuklarini savdodan qaytarib olmoqda. Mazkur qurilmalarning batareyalarida nosozlik bo‘lishi va ular qizib ketishi mumkin.

O‘QING: Batareyalarning portlashi: sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari

Fujitsu kompaniyasi AQShda jami 5800 ga yaqin, Kanadada esa 606 dona savdoga chiqarilgan portativ kompyuterini qaytarib olmoqda. Bular – Fujitsu Celsius H720, shuningdek, Lifebook E752, E733, E743, E753, P702, P772, S710, S752, S762, T732, T734 hamda T902 modellariga mansub noutbuklardir.

Ushbu modellarga Panasonic kompaniyasining CP556150-03, CP579060-01 hamda CP629458-03 markirovkali akkumulyatorlari qo‘yilgan. Aynan shu batareyalar qizishi, alanga olishi va hatto portlab ketishi ehtimoli bo‘lgan xavfli qismlar sifatida ko‘rilmoqda.

Ushbu modullarga mansub noutbuklarni allaqachon xarid qilgan foydalanuvchilarga esa Fujitsu kompaniyasi tezda ularning batareyalarini olib qo‘yishlarini tavsiya etmoqda. So‘ng esa kompaniya vakillariga murojaat etishsa, Fujitsu qurilmaning akkumulyatorini bepul almashtirib beradi.

O‘QING: iPhone akkumulyatori tutashi oqibatida ikki kishi kasalxonaga yotqizildi