TATU filiali Belorus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

TATU filiali Belorus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali Belorus davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

 Filial vakillari Belorus davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurishgan.

Tashrif davomida istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va olimlarni jalb etish to‘g‘risida fikr almashilgan.

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolangan.

TATU Belarusiya universitetlari bilan yaxshi hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Xususan, 13-sentyabrda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasi muhokama etilib, Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etish yuzasidan shartnoma imzolangan edi. Hamkorlikda ochilgan Axborot texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma fakultetda ta’lim olish ikki bosqichda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, talaba 1-2-bosqichlarda TATUda tahsil olsa, 3-4-bosqichlarni BDIRUda davom ettiradi. Fakultetni muvaffaqiyatli yakunlagan talaba ikki tomonlama diplom (TATU-BDIRU)ni qo‘lga kiritadi.

O‘QING: Beeline TATUni "eng yaxshi mingtalik"ka chiqarish rejasini e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.