Telegram’da o‘yin botlari

  •   Saroy
  •  7579
  •  30.05.2018 13:56

Telegram’da o‘yin botlari

@terabaytuz Telegram-o‘yinlariga shu qadar berilib ketdiki, hatto o‘zlariga ma’qul bo‘lgan o‘yinlarni muxlislari bilan baham ko‘rishga qaror qildik. Quyida o‘yin botlariga kichkinagina sayohat uyushtirdik.

@ludeiBot — «Ludei» San-Fransiskodagi internet-provayder kompaniyasi botida, 4 ta o‘yin: iBasket (nomidan ma’lumki, bu basketbol simulyatori), Sumon (raqamli boshqotirma), JumpingSubmarine (sakkizbitli sakrovchi suvosti kemasi) va  barchaga ma’lum bo‘lgan AngryPiano.

@microgamesbot — ushbu bot sizga barchaga ma’lum bo‘lgan qurbaqacha o‘yinida vaqtni qisqartirish imkonini beradi. Qurbaqaning mashina tagida qolib ketmasligiga, daryodan eson-omon suzib o‘tishga va chivinni maza qilib tanavvul qilishiga yordam berib yuboring.

@DontDieBot — Zombidan qochib keting, kalitni ilib oling, eshikni oching. Bularning barchasi sakkizbitli oq-qora manzarada yuz beradi. Eslatma: zombining sheriklari bo‘lishi mumkin.

@awesomebot — yana bir agregatorli bot sizga html5 – formatda o‘ynash imkonini beradi. Tanlov imkoniyati bor:

— 2048, son bilan ifodalangan o‘yin. U bir vaqtlar barcha smartfonlarni zabt etgan edi;

— hextris, tetris, faqat bunisi ancha tezkor;

— flappy bird,  qushning quvurga tushib ketishiga yo‘l qo‘ymang;

@lazygamesbot  — siz pushti rang odamsiz, vazifangiz esa, qutini kerakli joyga siljitish. Buning uchun devor ko‘rinishidagi ko‘plab to‘siqlardan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Dasturchilar bu o‘yinini «pazl», deb atashadi. O‘yin haqiqatan ham ancha murakkab, hatto tahririyatning o‘zi ham o‘yinni yaratishda anchayin bosh qotirishga to‘g‘ri kelgan.

@foxgamebot — 8 bitli manzarada yoqimtoy tulkicha qoyalar ustida sakraydi va tovuqchalarni yeydi. Ammo ehtiyot bo‘lish kerak, qoyalar juda tik — unda turish anchayin murakkab.

@dotspuzzle_bot — Ikkio‘lchamli kvest kerakli joyda sharlarga tegishi kerak. Ba’zi joylari pazl.

@foragamesbot — Dasturchi bo‘lib o‘ynang va vazifangiz  dedlayndan qochish, shirin dasturlarni ilib olish,  HR-o‘rgimchak va ilmoqlarga tutqich bermaslik hamda yashirin tuzoqlarga tushib qolmaslik. Yaxshi grafikali rivojlanib boruvchi o‘yin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!