Telegram’da o‘yin o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi

Telegram’da o‘yin o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ldi

Eng ommabop messenjerlardan biri bo‘lgan Telegram’da endilikda turli o‘yinlarni bevosita chat interfeysida o‘ynash mumkin bo‘ldi. Bu borada messenjer blogida ma’lumot berilgan. O‘yinlar bot-platforma asosida ishlaydigan Gaming Platform 1.0 versiyasida orqali ishga tushiriladi. Platformada kuchli grafika va tovush parametrlari qo‘llab-quvvatlanadi.

Hozirda Telegram’da 30 yaqin o‘yin mavjud bo‘lib, kelajakda o‘yinlar miqdori uzluksiz ko‘paytirib boriladi.

8a0a21b6e9d111be4c   04efd9e88644939a4f

O‘yinni boshlash uchun istalgan chatda “@gamee “ botini chaqirish kerak bo‘ladi. (Avval Telegram’ni so‘nggi versiyaga yangilashni unutmang)

Servis HTML5 protokoli bazasida yaratilgan bo‘lib, o‘yinlar so‘rov bo‘yicha oddiy veb-sahifa sifatida yuklanadi va gadjetning xotirasini doimiy tarzda band etmaydi. O‘yinlarni Apple (iPhone 4’dan boshlab) va Android qurilmalarida (Android 4.4 versiyasidan boshlab) o‘ynash mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.