Telegram-kanaldagi xabarni saytda e’lon qilishni o‘rganamiz

  •   DiMaX
  •  1008
  •  06.03.2018 17:01

Telegram-kanaldagi xabarni saytda e’lon qilishni o‘rganamiz

Ommabop messenjerning ishlab chiquvchilari yaqinda unga bitta yangi funksiya qo‘shishgan. Endi Telegram-kanaldagi e’lon qilingan biror xabarga (postga) eltuvchi kodli havola yaratish va uni saytda e’lon qilish mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi ma’lumotlaringiz qanchalik maxfiy?

Buni amalga oshirish uchun quyidagi yo‘riqnomada ko‘rsatilganidek qilasiz:

1-qadam: Telegram Desktop orqali kanalga kirib, o‘z saytingizda (yoki blogingizda) e’lon qilishni rejalashtirgan postni topasiz.

2-qadam: Shu postning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertasiz. Ochilgan menyudan «Post havolasidan nusxa olish» («Copy Post Link» yoki «Kopirovat ssilku na soobщyeniye») bandini bosasiz.

3-qadam: Nusxalab olingan havolani brauzerning manzil qatoriga tashlaysiz va «Enter»ni bosasiz. Shu varaqada Telegram-kanaldagi xabar aks etadi.

4-qadam: Sahifaning pastki chap burchagida joylashgan, kulrang «EMBED» yozuvining ustiga bosasiz.

5-qadam: Pastida ochilgan oynachada kod aks etib, avtomatik ravishda belgilanib turadi. O‘shaning tagidagi «COPY» yozuvini bosasiz – koddan nusxa olinadi.

Endi uni o‘z saytingizga yoki blogingizga joylashingiz mumkin. Bu xuddi Instagram, VKontakte, Twitter, Facebook yoki boshqa istalgan ijtimoiy tarmoqdagi postning kodini joylagandek oson.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?