Telegram’ning Android ilovasida mavzular paydo bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1426
  •  22.02.2017 10:38

Telegram’ning Android ilovasida mavzular paydo bo‘ldi

Ommabop Telegram messenjerining Android tizimli qurilmalarga moslangan ilovasi 3.17 versiyasiga foydalanuvchilarning mavzularini qo‘llab-quvvatlash funksiyasi qo‘shildi. Avvalroq, Telegram Desktop ilovasining yangilangan versiyasiga mavzularni qo‘llash funksiyasi qo‘shilgan edi, deb yozadi iguides.ru sayti.

Messenjerning Android ilovasida mavzuni o‘zgartirish yoki o‘zingiz mavzu yaratish uchun uning sozlamalaridagi «Mavzular» bo‘limiga (Settings >> Themes) kirasiz. Sukut bo‘yicha uchta mavzudan birini tanlash imkoniyati bor: standart, ko‘k va qora.

Agarda taklif etilgan bu variantlar sizning ko‘nglingizga o‘tirishmasa, u holda o‘zingiz mavzu yaratishingiz ham mumkin; buning uchun tegishli jihozlar ilovaning o‘ziga kiritilgan.

Shuningdek, yangi mavzularni rasmiy saytdan ham ko‘chirib olib o‘rnatsangiz bo‘ladi. Telegram’dan aniqlik kiritishlaricha, ular auditoriyasining 85% ga yaqin qismini Android foydalanuvchilari tashkil etadi.

iOS tizimli qurilmalar uchun Telegram ilovasining yangilanishlari ham bir necha hafta ichida paydo bo‘lishi xabar qilinayotir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!