Telegram’ning desktop ilovasi 1.1.24 alpha talqinida chiqdi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1647
  •  30.11.2017 12:50

Telegram’ning desktop ilovasi 1.1.24 alpha talqinida chiqdi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Mazkur ommabop messenjerning kompyuter va noutbuklarda foydalanish uchun ishlab chiqilgan Telegram Desktop ilovasi uchun alfa-yangilanish chiqarildi. Bu haqda messenjerdagi Telegram Live kanali xabar bergan.

O‘QING: Xushxabar: Telegram 4.5 talqinigacha yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Telegram Desktop alfa-versiyasida foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan qulaylik va imkoniyatlarning asosiylari quyidagilardir:

1. Dizayn yaxshilangan: muloqot oynasining o‘ng tomonida qo‘shimcha yon panel qo‘shilgan – unda ayni shu paytda muloqotda bo‘lgan guruh, kanal, foydalanuvchi yoki bot haqidagi ma’lumotlar chiqib turadi.

2. Kanallarda biror xabarni tirkab qo‘yish imkoniyati mavjud. Yaqinda Android-ilova hamda iOS-ilova uchun taqdim etilgan ushbu funksiya endi desktop versiyada ham ishlaydi.

3. Superguruhlarda xabarlar tarixini o‘chirib tashlash imkoni taqdim etilgan.

4. Boshqa tuzatish va yaxshilashlar amalga oshirilgan.

O‘QING: Nihoyat, Telegram’ning iOS-ilovasi ham yangilandi!

Aytish kerakki, bu hali rasman foydalanishga topshirilmagan, hozircha sinov bosqichida bo‘lgan 1.1.24 alpha talqinidir. Shuning uchun ham uni qo‘llash niyatida bo‘lsangiz, mana bu havola orqali ko‘chirib olib, alohida o‘rnatishingizga to‘g‘ri keladi. Bunda kompyuteringizda Telegram Desktop ikkita bo‘lib qoladi. Istasangiz, ularga alohida-alohida akkauntlar orqali kirishingiz ham mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Telegram Desktop 1.1.24 alpha talqini interfeysi uchun rus tilli lokalizatsiya ham hozircha taqdim etilmagan. Agarda inglizcha yoki boshqa asosiy tillardan birortasi orqali ishlash sizga qiyinchilik tug‘diradigan bo‘lsa, rus tilli lokalizatsiya faylini mana bu havola orqali Telegram Live kanalidan yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Eva – Telegram’ni «kuchaytiruvchi» Android-ilova

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.