Telegram va Roskomnadzor mojarosiga Ramzan Qodirov ham aralashdi

  •   DiMaX
  •  1225
  •  07.04.2018 14:48

Telegram va Roskomnadzor mojarosiga Ramzan Qodirov ham aralashdi

Kuni kecha – 6 aprelda Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor poytaxtning Tagansk rayon sudiga murojaat etib, mamlakat hududida Telegram messenjerini bloklash talabi aks etgan arizani topshirganidan xabaringiz bor.

O‘QING:  Muddat tugadi: Telegram’ni bloklash uchun sudga ariza topshirildi

Shu mojarolar yuzasidan Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ham o‘zining Telegram-kanalida munosabat bildirgan. Uning fikricha, Telegram rahbariyati Roskomnadzor vakillari bilan uchrashishi va ular birgalikda kelishuvga erishishlari lozim.

R.Qodirovning ta’kidlashicha, uning o‘zi Telegram’ni o‘ta qulay, deb biladi. Respublika yetakchisi shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan muloqotlarda u ayni shu messenjerdan foydalanib keladi. Checheniston yetakchisi, shuningdek, Telegram’dagi stikerlarni juda yaxshi ko‘rishini bildirgan. Ular tufayli «uzundan-uzoq xabarning o‘rniga bittagina suratcha qo‘llash mumkin», degan.

Shu bilan birga, garchi o‘zi Telegram bloklanishi tarafdori bo‘lmasa-da, qulaylikdan ko‘ra davlat manfaatlarini ustunroq bilishini ma’lum qilgan.

O‘QING: Telegram'dagi harakati tufayli ilk inson qamoqqa olindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!