Terabayt Daily: Samsung`ni ortda qoldirgan Apple, ayblangan OnePlus va Meizu, birinchi gigabitli LTE-tarmoq, oshkor bo‘lgan Huawei P10 Plus va boshqalar

Terabayt Daily: Samsung`ni ortda qoldirgan Apple, ayblangan OnePlus va Meizu, birinchi gigabitli LTE-tarmoq, oshkor bo‘lgan Huawei P10 Plus va boshqalar

Apple 2016 yil 4 choragida smartfon yetkazish berish bo‘yicha Samsung`ni ortda qoldirdi

Mazkur davr mobaynida Apple 78,3 mln, Samsung esa 77,5 mln dona smartfonni dunyo bozoriga yetkazib bergan. Natijada “Olma”ning bozordagi ulushi 17,8 foizga o‘sgan (Samsung 17,7%). >> Batafsil

OnePlus va Meizu benchmark natijalarini soxtalashda ayblandi

XDA Developers resursi Snapdragon 821 protsessorining OnePlus 3T smartfonida noodatiy tarzda ishlashiga guvoh bo‘lgan: muayyan ilovalar ochilganda smartfon chastotasi yuqorilagan va qayta o‘z o‘rniga tushmagan. >> Batafsil 

Avstraliyada jahondagi ilk gigabitli LTE-tarmoq ishga tushdi

Telstra`ning gigabitli tarmog‘ini yaratishda Ericsson kompaniyasi yordam bergan, Qualcomm va Netgear esa bunday tarmoqqa mo‘ljallangan tayyor qurilmani ishlab chiqarishda hamkorlik qilgan. >> Batafsil

Huawei P10 Plus modeliga tegishli rasmlar va texnik parametrlar oshkor bo‘ldi

Qurilma 5,5 dyuymli QHD formatidagi ekran, qayrilma qirrali korpus, ko‘z yoy skaneri va barmoq izi skanerini vazifasini bajaradigan daktiloskopik sensor bilan jihozlanadi.>> Batafsil

EA: Need For Speed’ning yangi versiyasi tayyorlanmoqda

Need For Speed o‘yinining navbatdagi versiyasi 2018 yilning mart oyigacha taqdim etilishi haqida Electronics Arts kompaniyasi investorlarni ogohlantirdi. >> Batafsil

Android-smartfonni sotishga tayyorlaymiz

Har yilda bir marta, ayrimlar uchun esa undan ham qisqa muddatlarda yangi smartfon xarid qilish bugungi kunda odatiy hol bo‘lib qolgan. Bunda eski qurilmani, odatda, biror yaqiningizga berasiz yoki sotib yuborasiz. >> Batafsil 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!