Terashop.uz – O‘zbekistonda kriptovalyutada savdo qilayotgan ilk internet-do‘kon!

  •   DiMaX
  •  1306
  •  04.10.2018 18:02

Terashop.uz – O‘zbekistonda kriptovalyutada savdo qilayotgan ilk internet-do‘kon!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida «To‘lovlarni uzluksiz o‘tkazishni ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni ilgari surish, bank xizmatlaridan to‘siqsiz foydalanish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatbardosh muhitni rivojlantirish» masalalari ham keltirib o‘tilgan.

«Mangu Innovation» kompaniyasi O‘zbekistonda kriptovalyuta mablag‘larini taqdim etayotgan innovatsion xizmatlardan biri. 

O‘QING: Mangu – Milliy virtual oltin

2018 yilning 1 mart sanasida nominal narxi 1000 so‘mdan sotuvga chiqarilgan Mangu piksellarini bugungacha bir qator tadbirkorlik sub’yektlari sotib olgan. O‘zbekiston bo‘yicha yetkazib berish xizmatiga ega bo‘lgan, hamyonbop xaridlar maydoni – Terashop.Uz internet-do‘koni esa, Mangu piksellarini xarid qilishdan tashqari, ushbu raqamli valyuta bilan savdo qila boshlagan ilk onlayn savdo platformasi bo‘ldi.

Kuni kecha tranzaksiya bilan ilk to‘lov ham amalga oshirilib, Surxondaryo viloyatidan asli kasbi bankir bo‘lgan Elmurod Azizbekov (ID:A1631) ismli foydalanuvchi Terashop.Uz internet-do‘konidan 360M evaziga telefon sotib oldi!

«Mangu Innovation» platformasi joy-piksel olish istagida bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarni hamkorlikka chorlaydi. Batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali uning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: Mangu.uz innovatsiyasi moliyaviy piramidani yoqlamaydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!