Tesla Model S poyga trassasida jahon rekordini yangiladi! (+video)
Ilon Mask o‘zining Twitter-blogida Tesla elektrokarining yana bir yutug‘i haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Model S elektromobili poyga trassasida yangi rekord o‘rnatgan.
O‘QING: Tesla’ning bizga keragi yo‘q – endi Andijonda ham elektromobil ishlab chiqariladi!
Amerikaning murakkab burilishlarga to‘la Mazda Raceway Laguna Seca poyga trassasi poygachilar orasida juda mashhur. Maskning ta’kidlashicha, Tesla Model S seriyali tarzda chiqarilgan to‘rt eshikli avtomobillar toifasida mazkur yo‘lni bosib o‘tish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Ushbu elektrokar mazkur trassani 1 daqiqayu 36,555 soniya mobaynida zabt etgan – bu esa o‘z toifasi bo‘yicha oldingi jahon rekordidan bir soniyaga tezkorroqdir.
Rekord qayd etilgan ushbu jarayonni quyidagi videoda ko‘ramiz:
Esingizda bo‘lsa, avvalroq O‘zbekiston prezidentining kuyovi Toshkent ko‘chalarida avtomashinani tezlikni oshirib haydagani va buning uchun o‘z ixtiyori bilan jarima to‘lagani ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Ushbu qoidabuzarlik aynan Tesla avtoulovida sodir etilgan bo‘lib, uning ayni shu – Model S elektromobili bo‘lishi ehtimoli yuqori.