Tez orada Instagram'da sizga manzur bo‘luvchi yangi imkoniyat paydo bo‘ladi

Tez orada Instagram'da sizga manzur bo‘luvchi yangi imkoniyat paydo bo‘ladi

Techcrunch nashrining xabar berishicha, Instagram rasmiylari tez orada tarmoqda foydalanuvchilarga manzur bo‘luvchi yangi imkoniyat qo‘shilishini ma’lum qilgan. Amalga oshirilish arafasida turgan bu o‘zgarish foydalanuvchilarga tarmoqdagi o‘z ma’lumotlarini to‘laligicha yuklab olish imkonini berishi kutilmoqda.

O‘QING: 87 yoshli kampirni Instagram'da 160 ming kuzatuvchisi bor, sizda-chi?

Ma’lumki, Instagram'da ma’lumotlarni, masalan, suratlar va videolarni yuklab olish imkoni mavjud emas. Bunday noqulaylik yuzasidan shikoyatlar ortib bormoqda.

Instagram rasmiylari «shaxsiy ma’lumotlar» deganda aynan qanday ma’lumotlar nazarda tutilayotganiga hali aniqlik kiritganicha yo‘q. Ammo kuzatuvchilar shaxsiy suratlar, videolar va yozishmalar yuklanib olishi haqida gap ketmoqda, degan taxminni ilgari surmoqda.

Facebook shaxsiy ma’lumotlarni to‘laligicha yuklab olish imkoniyatini yaratganiga ko‘p yillar bo‘lgan. Instagram esa bunday imkoniyatni joriy qilish haqida endi bosh qotirmoqda. So‘nggi paytlarda Facebook'ga bo‘lgan ishonchning keskin tushib ketganligi natijasida kompaniya o‘ziga tegishli Instagram'da ham foydalanuvchilar erkinligini oshirishga qaratilgan o‘zgarishlar joriy qilishga bel bog‘lagan ko‘rinadi. Uzoq vaqtdan beri Instagram shaxsiy ma’lumotlarni qulfda saqlab kelayotgan edi. Foydalanuvchilar ba’zi uchinchi tomon xizmatlari orqali Instagram'dan o‘zlari yoki boshqa shaxslarga tegishli ochiq ma’lumotlarni yuklab olishlari mumkin, lekin bunday norasmiy xizmatlar kishida doimo shubha uyg‘otadi.

O‘QING: Instagram sizni kuzatishini bilasizmi? Uning ta’qibidan qutulish yo‘lini-chi?

Nihoyat aksariyat Instagram foydalanuvchisi kutgan kunlar ham yaqinlashib qolgan ko‘rinadi. Endilikda ashaddiy «instachilar» o‘zlari shu paytgacha tarmoqqa yuklab kelgan surat va videolarini yuklab olish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Bu uchun yana bir sabr qilishning o‘zi kifoya. Ushbu imkoniyat qachon joriy qilinishi esa hozircha noma’lum.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.