To‘liq ekranli, stilusi bilan, yana suv o‘tkazmaydi: qaysi smartfonlarga shunday ta’rif berishmoqda?

  •   Saroy
  •  1392
  •  06.06.2018 14:52

To‘liq ekranli, stilusi bilan, yana suv o‘tkazmaydi: qaysi smartfonlarga shunday ta’rif berishmoqda?

LG  — LG Q Stylus stilusi bilan yangi seriyadagi smartfonlarini taqdim etdi. Unga Q Stylus+, Q Stylus va yanada oddiyroq Q Stylusa modellari kiradi. Ular bir-biridan ba’zi bir tavsiflari bilan farq qiladi, xolos.

Smartfonlar 6.2-dyuymli displey FullView bilan jihozlangan, uning tomonlar nisbati 18 ga 9 va formati 2160x1080 piksel. Unga takt chastotasi 1,5 yoki 1,8 GGs (MediaTek’dan olinganga o‘xshaydi, lekin aniq emas) li  sakkizyadroli protsessor o‘rnatilgan. Standartli LG Q Stylus va «alfa»  3 GBli tezkor xotiraga ega va ichki xotirasi  32 GB. Plus-versiya 4 GB OZU va 64 GB li fleshkaga ham ega.

LG Q Stylusa’ning orqa kamerasi 13-megapikselli, old kamera esa 5 megapikselli bo‘ladi. Keksa modellarda yanada qiziqroq, orqasida  16-megapikselli modul va 8 yoki 5 megapikselli selfi-kamera mavjud (bozoriga bog‘liq ko‘rinadi).  Kadrlarda ob’yektlarni tanib olish va dukonlarda o‘xshash tovarlarni qidirish uchun QLens funksiyasi bilan ta’minlangan.

O‘QING: LG V35 ThinQ: «jonli» surat namoyish etildi

LG metal korpusli bo‘ladi, deyishayapti, garchi orqa panel hali ham savol ostida turibdi (usti haqiqatan ham metalni eslatib yuboradi). LG Q Stylus va «plyus» suvdan va changdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan, lekin ukasi hisoblangan «alfa»ni  esa, yaxshisi ho‘l qilmagan ma’qul.  Barchasi MIL-STD 810G sertifikatsiyasini  olgan, nazariy jihatdan olib qaraganda, bu uning mustahkamligidan dalolat beradi. Barmoq izlari skanerini smartfonni boshqarishda ishlatsa bo‘ladi, masalan, qo‘l tekkizib selfi olish funksiyasi bor.

Stilus smartfon korpusiga yashirilgan, eslatmalarni hatto, o‘chirilgan ekranda ham yozish mumkin, xuddi Samsung flagmanidagi kabi, akkumulyator sig‘imi  3300 mAch, USB Type-C orqali quvvatlantiriladi. Operatsion tizimi — Android 8.1.0 Oreo. Quloqchinning ohang taratishiga DTS:X texnologiyasi javob beradi. Uchchala modelda ham NFC bor, faqat Wi-Fi 5 GGs bilan qo‘llab quvvatlanmagan.

LG Q Stylus seriyalari AQSh va Osiyo mintaqasi bozolariga uchunchi choraklikda chiqadi, deyilayapti.  Narxlar haqida kompaniyadagilar kamtarlik bilan sukut saqlashda davom etyapti.

O‘QING: LG Q7: jihatlar flagmanga xos, narx esa ommabop