Top-7: yurtimizda eng xaridorgir Xiaomi smartfonlari va narxlari (4 Mart)

Top-7: yurtimizda eng xaridorgir Xiaomi smartfonlari va narxlari (4 Mart)

Bugun Toshkentda yomg‘ir tinmagan bo‘lsa ham, "Malika" xaridorlar bilan gavjum. Bayram tadorigi avjida. Har kim o‘ziga ma’qul kelgan smartfon modellarini o‘rganib, munosiblarini xarid qilmoqda. Dam olish kunidan foydalanib, smartfon bozorini yaqindan o‘rganib chiqdik. Hamkor do‘konlarda bo‘lib, vaziyatni ko‘zdan kechirdik va to‘plangan ma’lumotlar asosida mazkur brendning yurtimizda yaxshi sotilayotgan modellarini aniqlashga harakat qildik.

Xiaomi smartfonlarini ortiqcha ko‘klarga ko‘tarish endi shart bo‘lmay qoldi. Kompaniya ommalashgani sayin smartfonlarining dizayn, texnik jihatdan ham imkoniyatlari oshib bormoqda va sifatga ko‘z tegib qolayotgani yo‘q. O‘zbekistonda ham bu brend tobora ommalashmoqda, hatto yaqindagina Toshkent shahrida rasmiy xizmat ko‘rsatish markazi ham ishga tushirildi.

Buni qarangki, 2017 yildan boshlab mamlakatimizda eng yaxshi sotilishda Xiaomi Redmi 4X modeli birinchilikni qo‘ldan boy bermayapti. Ayni paytda Redmi 4X modeli 1 million so‘mdan (2/16 GB), 1.2 million so‘mgacha (3/32 GB) sotilmoqda. Uning eng katta afzalligi sifatida sifatli ekrani, metall korpusi hamda 2-3 kunga yetadigan quvvat sig‘imdorligini aytish mumkin. Kompaniya bu modelning butun jahonda ommabopligini ham e’lon qilgan edi.

Ikkinchi o‘rinda esa kompaniya ishlab chiqarayotgan eng arzon smartfon modeli -- Redmi 4A turibdi. Ayni paytda yurtimizda uni 846 600 so‘mdan (2/16 GB) boshlab xarid qilish mumkin. Bu model sifatli displey, plastik korpus, bir tekis ishlaydigan boshlang‘ich darajali protsessor, uzoqqa yetadigan akkumulyator, o‘rtacha kamera bilan ta’minlangan.

Uchinchi o‘rin sohibi Redmi Note 4X fableti. Bu turkum o‘zining yiriklashgan displeyi bilan ajralib turadi. Sifatli ekrani, uzoqqa yetadigan akkumulyatori, yoqimli dizayni, qulay narxi va yangi protsessori tejamkor xaridor uchun ayni muddao. Ayni paytda Redmi Note 4X devaysi yurtimizda 1.1 mln so‘mdan (2/16 GB) boshlab, 1.5 million so‘mgacha (4/64 GB) sotilmoqda.

To‘rtinchi o‘rinda nisbatan kuchli kamerasi va Google'ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘amxo‘rligiga ega bo‘luvchi Xiaomi Mi A1 modeli turibdi. Qo‘sh sensorli bosh kamera "portret rejimi"da suratga oladi. Metall korpusli smartfon "toza" Android Oreo tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Mi A1 yurtimizda 1.8 million so‘mdan (3/32 GB) boshlab sotilmoqda.

Garchi, bu modelda sifatli ekran, ilg‘or chip va uzoqqa yetadigan batareya bo‘lsa ham, ko‘pchilik uning tezkor quvvatlashga yoki NFC moduliga ega bo‘lmaganidan afsusda.

"Kuchli beshlik"ni yaqindagina yurtimiz bozorlariga yetib kelgan Xiaomi Redmi 5 yakunlab bergan. 5,7' dyuymli, 1440x720 piksel sig‘imli (HD+), yorqin ekran, zamonaviy dizayn va yaxshi akkumulyatorga ega bo‘lgan smartfon uchun yurtimizda 1,3 mln so‘m so‘ralmoqda. Uning kamchiligi sifatida NFC moduli yo‘qligi (uning yordamida elektron to‘lovlarni kontaktsiz amalga oshirish mumkin) ni aytish mumkin.

Redmi 5 Plus esa eng xaridorgir smartfonlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallagan. Redmi 5+ modeli uchun yurtimizdagi smartfon do‘konlari 1.5 mln so‘mdan (3/32 GB), 1.8 million so‘mgacha (4/64 GB) narx belgilagan.

5,99 dyuymli va piksel sig‘imi 2160x1080 belgiga teng, ya’ni FullHD+ bo‘lgan smartfon narxiga qaraganda ancha samarador protsessorga ega bo‘lgan. Zamonaviy ko‘rinish va yaxshi akkumulyatorga gap yo‘q, faqat bu ham NFC modulga ega bo‘lmagani chatoqda. Aytib bo‘ladimi, axir kun kelib bizda ham kontaktsiz to‘lovlar ham rivojlanib ketar.

Biz "hamyonbop kinoteatr" deb nom bergan Xiaomi Mi Max 2 modeli reytingni yakunlab bergan. Xiaomi Mi Max 2 devaysi 6.44 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) ekranga ega.

Melomanlar uchun eng katta yangilik — gadjetdagi stereo, ya’ni 2 ta audio karnaylardir! Ovozning taralishi toza va jarangdor. Bas ovoz eng yuqori pardada ham xirillab qolmaydi. Yuqori chastotada ham, o‘rta chastotada ham tovush uzatish tizimi ko‘ngildagidek.

Xiaomi Mi Max 2 yurtimizda 1.8 million so‘mdan boshlab sotilmoqda.

Darvoqe, yuqoridagi devayslarni shu narxlarda xarid qilish uchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali «Terabayt.uz» sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos,murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.