Toshkent shahrida umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan texnologiya parki tashkil etiladi!

Toshkent shahrida umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan texnologiya parki tashkil etiladi!

Investitsiyalarni faol jalb uchun etish shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni va texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini ta’minlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini va farovonligini oshirish maqsadida Toshkent shahrida ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parkini tashkil etish  xususida Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi.

O‘QING: Namanganda texnoparklar tashkil etiladi

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga tegishli bo‘lgan, Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 27-uy manzilidagi bo‘sh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan qismini «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning investitsiya kompaniyasi — «PSBCapital» MChJga ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratish aytilgan.

Shuningdek, ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parki 2019 yil 1 sentyabrgacha hududida ob’yektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurilishi aytilgan.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklangan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, texnopark bu innovatsion loyihalarni amalga hududiy, ilmiy, texnologik va texnik baza bo‘lib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat ob’yektlari, biznes markazlari, ko‘rgazma maydonlari, o‘quv muassasalarini o‘zida birlashtiradi, shuningdek, transport vositalari, qo‘riqchilik xizmati va yashash joylari kabi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ham ichiga oladi.

O‘QING: Vazir: dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni ko‘zlaganmiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!