Toyota 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarini uchar taksi bilan ta’minlamoqchi

  •   DiMaX
  •  997
  •  16.05.2017 10:19

Toyota 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarini uchar taksi bilan ta’minlamoqchi

Toyota kompaniyasi yer sathidan o‘n metr yuqorida, soatiga 100 kilometr tezlikda uchadigan dron-avtomobilni yaratish ustida ishlayapti. SkyDrive deb ataluvchi mazkur qurilmani jamoa keyingi yil sinovdan o‘tkazishni hamda 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarining boshlanish paytiga loyihaning tijoriy maqsadda taqdim etishni rejalashtirmoqda.

Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, kattaligi 2,9 metr keladigan SkyDrive dunyodagi eng kichkina uchar mashina bo‘ladi. Biroq shu paytgacha hali birorta ham tijoratga taqdim etilgan uchar mashina mavjud emas.

Toyota modeli har qanday jamoat yo‘lida ham yura oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi uchar avtoulovni boshqarish ham oson bo‘lishini va’da qilishmoqda.

Kompaniya mazkur loyihaga 9,3 milliard AQSh dollariga yaqin mablag‘ kiritmoqchi.

«Agarda hamisha kutib o‘tiraverib, faqat texnologiya tayyor bo‘lganidan keyingina mablag‘ tikadigan bo‘lsak, u holda taraqqiyotga erisha olmaymiz», – deydi Toyota rahbari Takeshi Ichimada.