Tramp yonidagi Apple rahbarining yuz ifodasi qizg‘in muhokama qilinmoqda

  •   DiMaX
  •  1486
  •  21.06.2017 15:50

Tramp yonidagi Apple rahbarining yuz ifodasi qizg‘in muhokama qilinmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp kuni kecha amerikadagi texnologik kompaniyalarning vakillari bilan uchrashib, hukumatning axborot tizimlarini modernizatsiya qilish borasida suhbat o‘tkazgan edi.

Mazkur tadbir haqida yozilgan xabarlarda, uning mazmunidan ham ko‘ra ko‘proq yuqoridagi fotosurat e’tiborga molik. Unda davra stolida aynan Oq Uy rahbari bilan yonma-yon o‘tirgan Tim Kukning yuz ifodasi internetda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘layotir. Bular, albatta, internet foydalanuvchilari tomonidan hazil aralash bildirilgan fikrlardir.

Ayrim taxminlarga ko‘ra, bu – Kuk hukumatdagi texnologiyalarning hozirgi holati haqida eshitgan lahzada olingan surat. Yana birovlarning fikricha, AQSh Mudofaa vazirligi hozirgacha disketalardan foydalanilayotganligi haqida prezidentning katta yordamchisi Jared Kushnerning so‘zlari Apple rahbarini hayratga solgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham mazkur rasm haqida bir-biridan qiziq izohlar yozilmoqda. Masalan:

«Prezident senga iPhone ishlab chiqarilishini AQShga ko‘chirish va unga mini-jack’ni qaytarishni buyurgan paytidagi yuz ifodang».

«Minglab so‘z o‘rnini bitta fotosurat bosadigan ajoyib holat».

Xo‘sh, siz bunga qanday izoh yozgan bo‘lardingiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!