Turli platformalar uchun qaysi dasturlash tillari ishlatiladi?

  •   DiMaX
  •  6251
  •  14.05.2020 16:38

Turli platformalar uchun qaysi dasturlash tillari ishlatiladi?

Hozirda ko‘pchilik qiziqadigan va istiqboli porloq kasblardan biri dasturchilikdir. Lekin uning ham tarmoqlari ko‘p va har xil tizimlar uchun dasturlar, ilovalar, saytlar yoki o‘yinlar turli dasturlash tillari yordamida yasaladi.

O‘QING: Dasturlashni Programmer Uz ta’lim platformasi bilan tez va sifatli o‘rganing

KOMPYuTER DASTURChISI

Bu – hozirgi davrda eng kerakli sohalardan biri bo‘lib, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega. Kompyuterlarga qo‘yiladigan OT (operatsion tizim)larning turlari bor, ulardan har biri uchun dasturlarni muayyan bir dasturlash tilida yaratgan ma’qul.

  • Windows uchun

Windows’ga dasturlar yaratish uchun eng qulay til bu C# hisoblanadi. Hozircha ushbu tilga munosib raqobatchi yo‘q, chunki u sinalgan va ayni damda TIOBE ko‘rsatkichlarida o‘z o‘rniga ega. 2020 yilning 9 yanvari holatiga ko‘ra, C# tilining qo‘llanishi 2.05% ga oshgan, bu Python va Java’dan ham yuqori. Uning qulay interfeysi maktabda o‘rgatiladigan Borland Delphi 7 ga ham o‘xshab ketadi.

XULOSA: Windows uchun C# dasturlash tili ma’qul.

  • MacOS uchun:

MacOS uchun eng ko‘p talab qilinadigan til bu — Swift bo‘ladi. Bu o‘ta mukammal til, uning yordamida chiroyli interfeysli dasturlar yaratish mumkin. Swift uchun eng yaxshi matn muharriri shubhasiz XCode. Swift shu yil +0.61% ga o‘zgargan.

XULOSA: MacOS uchun Swift dasturlash tili yaxshi.

  • Barcha platformalar uchun

Barcha platformalar uchun universal dasturlash tili — Java. TIOBE reytinglarida Java birinchilikni hech kimga bermayapti, chunki u chinakamiga ko‘p platformali va mukammal til. Java’da nafaqat Dekstop dasturlar, balki Android uchun ilovalar yaratish mumkin. Ammo bu haqida quyiroqda gaplashamiz.

XULOSA: Barcha platformalar uchun Java dasturlash tilini qo‘llash mumkin.

O‘QING: Dasturchi bo‘lishning 6 yo‘li

MOBILE DEVELOPMENT (MOBIL DASTURLASh)

Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab kishilar smartfonlardan foydalanishadi. Bu esa mobil dasturlarga talab katta degani. Mobil OTlarning ham o‘z turlari bo‘lib, ular Android, iOS kabi turlarga bo‘linadi

  • Android

Yuqorida Java’dan Android uchun ham foydalansa bo‘ladi, degan edik. Uning Corona SDK freymvorki ayni muddao. U orqali rekord darajada qisqa fursatda dasturlar, o‘yinlar, ilovalar yaratish mumkin.

XULOSA: Android uchun Java o‘ng‘ay.

  • iOS

iOS uchun Swift desak adashmaymiz, u ham Java kabi ko‘p platformali. iOS uchun dastur yaratishda ko‘p dasturchilar Swift’ni ishlatishadi, chunki unga yaxshi konkurent yo‘q. To‘g‘ri, bu borada Objective-C ham yaxshi, lekin uning funsionalligi va dunyodagi o‘rni biroz past, TIOBE’da ham reytingi tushib bormoqda (-0.85%).

XULOSA: iOS uchun Swift eng zo‘ri.

O‘QING: 81 yoshli yaponiyalik onaxon iPhone uchun dastur ishlab chiqdi

WEB DEVELOPMENT (SAYTLAR YaRATISh)

Bu soha uchun juda ko‘p dasturlash tillarini misol qilish mumkin. Ammo Web Development’da ham sohalar mavjud bo‘lib, bular Back-End va Front-End hisoblanadi.

  • Back-End

Saytning bu bo‘limi insonning ichki organlariga qiyoslaymiz. Back-End qismi Front-End'dagi narsalarni chiqarishda yordam beradi. Back-End ko‘proq server bilan ishlaydi.

— Katta kompaniyalar uchun sayt

Agar katta kompaniyalar bilan shartnoma asosida sayt tuzish uchun eng yaxshi til bu – Ruby. Odatda katta kompaniyalar o‘zlariga Java, C# kabilarni ma’qul ko‘rishadi.

— Kichik sayt yoki frilans

Bu soha uchun eng yaxshisi — PHP. Dunyodagi barcha saytlarning 80% foizi PHP dasturlash tilida qilingan. Agar o‘zingiz uchun biror sayt yaratmoqchi yoki frilanser bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, PHP qulay.

— Startap yoki kichik kompaniyalar

Odatda bu uchun Django, Rust, Node JS, Go larni ishlatishadi. Ammo Python mukammalligi va qulayligi bois, uni ko‘p joyda ishlatish mumkin. Python’ning Django freymvorki ham bugungi kunda eng mashhuri bo‘lib, GitHub’da 49.3k yulduzga ega.

  • Front-End

Saytning tashqi ko‘rinishi bilan yaxshi ishlashda fantaziya muhim rol o‘ynaydi. Uning uchun HTML, CSS, JS, BootsTrap kabi tillarni bilish kerak (Ro‘yxtda HTML va CSS dasturlash tili emas).

GAMEDEV (O‘YINLAR YaRATISh)

Bugungi kunda geymer va zadrotlarning soni ortishi tufayli, o‘yinlarga ehtiyoj katta. Kompyuterdan ko‘pchilik aynan o‘yinlar uchun foydalanadi. Shubhasiz, o‘yinlar yaratish uchun eng yaxshi dasturlash tili C++ hisoblanadi. Agar Android uchun o‘yin qilmoqchi bo‘lsangiz, Unity «o‘yin dvijogi» yordamga keladi.

Bu dasturlash tillari bo‘yicha kurslar YouTube’da bor. Qaysi dasturlash tilini tanlashingiz muhim emas, muhimi – uni oxirigacha o‘rganish.

Maqola @progerlive dasturchilar kanali bilan hamkorlikda tayyorlandi.

O‘QING: «Bir million o‘zbek dasturchi» loyihasi doirasida yakuniy imtihon kuni aniq bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!