Ucell avanslar bo‘yicha o‘z abonentlariga yana bir qulaylik yaratdi

  •   DiMaX
  •  1470
  •  27.12.2017 14:29

Ucell avanslar bo‘yicha o‘z abonentlariga yana bir qulaylik yaratdi

Mobil telefoningiz hisobida mablag‘ tugab qolsa, aksiga olib, shu mahalda hisobni to‘ldirishning ham iloji bo‘lmasa nima qilasiz? O‘zbekistondagi uyali aloqa operatorlari bunaqa vaziyatlar uchun abonent hisobiga «qarzga» mablag‘ o‘tkazib berish bo‘yicha tegishli xizmatlarni yo‘lga qo‘yishgan.

O‘QING: Operatorlarimiz orasida birinchi bo‘lib Ucell roumingda cheksiz internet taqdim etmoqda!

Jumladan, Ucell abonentlari o‘z hisoblariga uch xil ko‘rinishda avans olishlari mumkin va ularning har biri alohida xizmat sifatida taqdim etiladi. Bular:

  1. «Mobil avans» – keyinchalik to‘lash sharti bilan Kompaniyadan hisobdagi mablag‘larni vaqtinchalik ko‘paytirishni so‘rashga imkon beruvchi xizmat;
  2. «Avtoavans» – hisobdagi mablag‘ ma’lum bir minimal chegaraga yetganida, hisobni avtomatik tarzda to‘ladigan qilish;
  3. «Internet-avans» – 30 kun muddatga 50 MB miqdoridagi internet-trafikni qarzga olish xizmati.

Operatorning o‘z saytida ma’lum qilishicha, endi abonentlar uchun mazkur xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida, Kompaniya mana shu uchta xizmatni bitta *911# USSD-so‘roviga birlashtirdi.

Endilikda Ucell abonenti zarur payti *911# so‘rovini jo‘natsa kifoya – barcha avans xizmatlari telefoni ekranida quyidagi ko‘rinishda aks etadi:

Abonent shu USSD-so‘rov orqali kirib, u yerdan o‘ziga kerakli va qulay bo‘lgan xizmatni bitta menyuda tanlashi mumkin.

Xizmatlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Ucell saytidagi tegishli sahifalarda berilgan.

O‘QING: Ucell «Mening raqamlarim» xizmatini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!