Ucell «Mening raqamlarim» xizmatini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirdi

  •   DiMaX
  •  2770
  •  18.12.2017 14:40

Ucell «Mening raqamlarim» xizmatini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirdi

Ayrim hollarda kishiga o‘zining pasport ma’lumotlari bilan nechta uyali aloqa telefon raqami rasmiylashtirganligi haqidagi ma’lumot kerak bo‘lib qoladi. Abonentlarga bu boradagi ma’lumotni ularga xizmat ko‘rsatayotgan uyali aloqa operatorlari taqdim etishadi.

O‘QING: Mobil operator Sizga quyidagi axborotlarni bepul taqdim etadi

Masalan, Ucell operatorida mazkur xizmat «Mening raqamlarim» deb nomlanadi va u *360# USSD-so‘rovi orqali boshqariladi. Abonent bu so‘rovni yuborgach, ma’lumotlar unga SMS-xabar shaklida taqdim etiladi. Ushbu xizmat bepul bo‘lib, so‘rovlar miqdori cheklangan – abonent kuniga 2 martagacha bu so‘rovni yuborishi mumkin.

O‘QING: Ucell yana ikkita yangi kontent-xizmatni ishga tushirdi

Operator o‘z saytida ma’lum qilishicha, yaqinda «Mening raqamlarim» (*360#) xizmati doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlar yanada kengaytirilgan. Endi Ucell’ning haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimi (Prepaid) abonentlari mazkur xizmat doirasida endi raqam holati (faol/bloklangan), hisoblardagi mablag‘ va faol pulli xizmatlar haqida ham ma’lumot olishadi.

«Mening raqamlarim» xizmati haqidagi batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali Ucell saytidan olish mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlari qanaqa?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.