Ucell: «Orzu orollari» sari ilk qadam

  •   DiMaX
  •  2167
  •  22.06.2017 15:59

Ucell: «Orzu orollari» sari ilk qadam

2017 yilning 22 iyun kuni Ucell kompaniyasining «Orzu orollari» internet-aksiyasi doirasidagi birinchi sovrinli o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 18 may sanasidan to 18 avgustigacha, Ucell kompaniyasi «Orzu orollari» internet-aksiyasini o‘tkazmoqda. Unda ishtirok etayotgan kompaniya abonentlari qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishlari mumkin. Uchta ajoyib sovrin – «orzu orollari» sanalmish Samui, Langkavi yoki Bali orollaridan biriga ikki kishilik yo‘llanmalardir. Shuningdek, yutuqqa zamonaviy Samsung smartfonlari ham qo‘yilgan.

Aksiya shartlari judayam oddiy – abonentlar shunchaki Ucell internetidan faol foydalanishlari va yutuq olishga bo‘lgan imkoniyatlarini oshirib borishlari lozim. Imkoniyatlar internet uchun amalda sarflangan har bir AQSh dollari uchun bittadan taqdim etiladi. Bunga internet xizmatlari uchun olinadigan abonent to‘lovlari ham kiradi. Bulardan tashqari, eng ko‘p miqdorda imkoniyat to‘plagan 10 nafar abonentga ham Bali oroliga yo‘llanma hamda Samsung smartfonlari taqdim etiladi.

Internet-aksiya g‘oliblari uchta yutuqli o‘yinda, mustaqil hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida aniqlanadi. Ular g‘oliblarni aniqlashda xolislikni hamda aksiya shartlariga amal qilinishini kafolatlaydilar.

«Orzu orollari» internet-aksiyasi doirasidagi birinchi yutuqli o‘yinda uning boshlanishidan to 19 iyungacha (shu kuni ham) imkoniyatlar to‘plagan abonentlar ishtirok etishdi. 19 iyundan keyin to‘plangan barcha imkoniyatlar esa ikkinchi o‘yinda inobatga olinadi.

Ushbu ilk sovrinli o‘yinda Tailandning Samui oroliga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasi hamda uchtadan Samsung Galaxy S8, Samsung Galaxy A7 hamda Samsung Galaxy A5 smartfonlari o‘ynaldi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan faol abonentlar orasida ham qiziqarli viktorinalar uyushtirilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Orzu orollari» internet-aksiyasi – bu, avvalo, Ucell kompaniyasi o‘zining faol internet foydalanuvchilarini rag‘batlantirish imkoniyatidir. Uning tashkilotchilaridan biri – Sobirjon Muxamedov shunday deydi:

«O‘tgan galgi – «Dunyo bo‘ylab» internet-aksiyamizda ikki milliondan ortiq abonentlarimiz ishtirok etishdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda internet foydalanuvchilari soni oshib borayotir. Demak, biz ham mazkur sohada yanada qiziqarliroq, raqobatbardosh xizmatlar va takliflar taqdim etishimiz lozim».

Aksiya ishtirokchilaridan biri – yutuqli o‘yin tadbiri qatnashchisi Davronbek Rustamov bu xususda o‘z fikrini bildirdi:

«Men ko‘pdan beri Ucellning har xil sovrinli o‘yinlarida, ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘tkazayotgan aksiyalarida ishtirok etib kelaman. Bugun ham yutuqlar o‘yini juda qiziqarli tarzda, bayramona ruhda va shaffoflik asosida o‘tdi. Garchi o‘zim aksiya doirasida biror sovrinni qo‘lga kiritmagan bo‘lsam-da, tadbirda uyushtirilgan viktorinalarda qatnashib, esdalik sovg‘alarini oldim. Barchaga keyingi o‘yinlarda omad tilayman!»

«Orzu orollari» internet-aksiyasi haqidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidagi tegishli sahifadan o‘qib olish, ilk sovrinlar o‘yini jarayonidan olingan lavhalarni esa kompaniyaning Facebook sahifasida tomosha qilish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!