Ucell Toshkent shahri va viloyatida 3G/4G tarmog‘ini kengaytirmoqda

  •   DiMaX
  •  1238
  •  07.11.2017 11:09

Ucell Toshkent shahri va viloyatida 3G/4G tarmog‘ini kengaytirmoqda

Ucell savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelayotgan «COSCOM» MChJ XK O‘zbekiston hududi bo‘ylab o‘z uyali aloqa tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Operator bu boradagi navbatdagi ishlar haqida o‘z saytida ma’lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, mamlakatimiz poytaxtida hamda Toshkent viloyatida 3G/4G tarmog‘ini kengaytirish uchun 2017 yil oktyabr oyining ikkinchi yarmidayoq yana jami to‘qqizta baza stansiyasi foydalanishga topshirilgan.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Jumladan, faqat shu muddatning o‘zida Toshkent shahrida 4G standartidagi jami 8 ta baza stansiyasi ishga tushirilgan bo‘lib, ular quyidagi hududlarda joylashgan:

  • Shayxontohur tumanining Sag‘bon va Navoiy ko‘chalarida;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanining T.Malik va Qodirov ko‘chalarida;
  • Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida;
  • Chilonzor tumanining 13-mavzesida;
  • Yashnobod tumanining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida va Aviasozlar dahasida.

Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanining Erkin qishloq fuqarolar yig‘ini hududida 3G standartidagi baza stansiyasi ishga tushirilgan.

O‘QING: Ucell «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining qamrov hududini kengaytirdi va muddatini uzaytirdi

Baza stansiyalarining ko‘payishi va xizmat ko‘rsatish hududining kengayishi O‘zbekiston Respublikasi aholisining yanada ko‘proq qismini sifatli uyali aloqa bilan ta’minlashga imkon yaratadi, deyiladi operator xabarida.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!