Ucell yangi raqamli SIM-kartalarni abonentning uyigacha eltib bermoqda

  •   DiMaX
  •  2867
  •  31.10.2017 18:02

Ucell yangi raqamli SIM-kartalarni abonentning uyigacha eltib bermoqda

Ucell uyali aloqa operatori abonentlarida, shuningdek, uning tarmog‘iga ulanishni endi rejalashtirayotgan barcha-barchada «Raqam tanlash» xizmati orqali Kompaniya saytidan istalgan telefon raqamini tanlash va oldindan buyurtma berishdek ajoyib imkoniyat mavjud. Shuningdek, yangi – «Raqamni yetkazib berish» opsiyasi bilan Toshkent shahrining istalgan nuqtasiga raqamni yetkazish uchun buyurtma rasmiylashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda operatorning rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Raqamni eltib berish tartibi quyidagi suratda aks ettirilgan:

Qolaversa, Ucell saytidagi yangi interaktiv xarita yordamida o‘zingizni qiziqtirgan istalgan kompaniya ofisi va dilerlik punkti joylashgan nuqtani topishingiz mumkin. Quyidagi suratda komaniya rasmiy xizmat ko‘rsatish ofislari va dilerlik nuqtalarining joylashish xaritasi berilgan:

Aytish kerakki, «Raqamni yetkazib berish» xizmati operatorning hamkori bilan birgalikda tashkil etilgan. Bu haqdagi batafsil ma’lumotlarni shu hamkor saytidagi tegishli sahifa orqali, shuningdek, Ucell’ning maxsus xabari orqali olish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!