Ucell’ning «Orzu orollari»: ikkinchi bekat – Langkavi!

  •   DiMaX
  •  1907
  •  25.07.2017 10:42

Ucell’ning «Orzu orollari»: ikkinchi bekat – Langkavi!

Avval xabar berganimizdek, 2017 yilning 18 may sanasidan to 18 avgustigacha, Ucell kompaniyasi «Orzu orollari» internet-aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiyada qatnashayotgan kompaniya abonentlari qimmatbaho sovg‘alar yutib olishlari mumkin. Undagi uchta eng ajoyib sovrin esa, «orzu orollari» sanalmish Samui, Langkavi yoki Bali orollaridan biriga ikki kishilik yo‘llanmalardir. Shuningdek, yutuqqa zamonaviy Samsung smartfonlari ham qo‘yilgan.

«Orzu orollari» internet-aksiyasining shartlari judayam oddiy – abonentlar shunchaki Ucell internetidan faol foydalanishlari va yutuq olishga bo‘lgan imkoniyatlarini oshirib borishlari lozim. Imkoniyatlar internet uchun amalda sarflangan har bir AQSh dollari uchun bittadan taqdim etiladi. Bunga internet xizmatlari uchun olinadigan abonent to‘lovlari ham kiradi. Bulardan tashqari, eng ko‘p miqdorda imkoniyat to‘plagan 10 nafar abonentga ham sovrinlar taqdim etiladi. Ya’ni, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rin sohibi Bali oroliga ikki kishilik sayyohlik yo‘llanmasini, qolgan to‘qqiz nafar ishtirokchi esa tegishli Samsung smartfonlarini qo‘lga kiritishadi.

Mazkur ikkinchi sovrinli o‘yinda Malayziyadagi Langkavi oroliga ikki kishilik sayohat yo‘llanmasi hamda uchtadan Samsung Galaxy A5, Samsung Galaxy A7 hamda Samsung Galaxy S8 smartfonlari o‘ynaldi. Bulardan tashqari, tadbir ishtirokchilari orasida ham qiziqarli viktorinalar tashkil etilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Mana, quyidagi jadvalda ikkinchi sovrinli o‘rindagi yutuqqa qo‘yilgan sovrinlar, ularni yutib olgan abonent raqamlari hamda ularning yutib olish uchun aksiyada olgan imkoniyatlari raqamlari ko‘rsatilgan:

Ushbu aksiyaning yakuniy – uchinchi sovrinlar o‘yini shu yilning 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

«Orzu orollari» internet-aksiyasi haqidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidagi tegishli sahifadan o‘qib olish, ilk sovrinlar o‘yini jarayonidan olingan lavhalarni esa kompaniyaning Facebook sahifasida tomosha qilish mumkin.