Uchinchi chorakda kim eng ko‘p smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2069
  •  04.11.2017 10:34

Uchinchi chorakda kim eng ko‘p smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

Tahlilchilar joriy yilning uchinchi choragi bo‘yicha smartfonlar bozorining natijalarini ma’lum qilishdi. Unga ko‘ra, mazkur bozorda Samsung Electronics yetakchiligini saqlab qoldi, deb yozadi SamMobile.

Kompaniyaning 2017 yil uchinchi choragi hisobotiga qaraganda, u smartfon yetkazib berish hajmini o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 5 foizga oshirgan. Samsung bu hisobot davrida 83,4 millionta smartfonni sotishga ulgurgan. Buning asosiy sababchisi deb yangi taqdim etilgan Note 8 fableti hamda yangilangan Galaxy J turkumi smartfonlaridir, deya izohlashadi kompaniyadan.

O‘QING: Eng ko‘p sotilayotgan smartfon nomi e’lon qilindi

Aytish kerakki, joriy yilning uchinchi choragida bozorning umumiy hajmi 393 million smartfonni tashkil etadi. Shundan 21 foizi Samsung hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ikkinchi o‘rinda esa Apple ketmoqda. Mazkur korporatsiya 46,7 millionta «ayfon» sotib, dunyo smartfon bozorining 11,9 foizini band etgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.