UzVisit – yurtimizga panoramali nigoh!

  •   DiMaX
  •  1161
  •  28.02.2017 16:39

UzVisit – yurtimizga panoramali nigoh!

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal taraqqiy etishi boshqa sohalar uchun ko‘plab qulayliklar olib kelayotir. Jumladan, O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga xorijlik sayyohlar e’tiborini jalb etishda yangicha yo‘nalishlar va imkoniyatlar kashf etilmoqda.

Shulardan biri – UzVisit.com loyihasi bo‘lib, u O‘zbekiston va uning turistik salohiyatiga 360° panorama ko‘rinishida nazar solish imkonini beradi. 360 darajali panoramali kadrning xususiyat va imkoniyatlari haqida esa bu maqolada o‘qishingiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan UzVisit.com sayti poytaxtimizdagi eng nufuzli restoran, kafe, mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa diqqatga sazovor joylar bilan tanishib chiqish xizmatlarini taqdim etadi.

Servisga joylashtirilgan maskanlar to‘rtta toifaga mansub: mehmonxonalar, restoran va kafelar, savdo markazlari va diqqatga sazovor binolar. Sferik panoramaning keng imkoniyatlari sabab siz shular orasidan o‘zingiz tanlagan joyni to‘laligicha his eta olasiz.

Loyiha quyidagilarni taklif qiladi:

  • Qiziqarli joylarga virtual 3D sayohat;
  • Kerakli ma’lumotni olishning tez va qulay usuli;
  • Joy tanlash borasida vaqtingizni tejash;
  • Har bir joyning xaritadagi aniq joylashuvi, ularning manzili va bog‘lanish yo‘llari.

Ushbu qulay va oddiy servis manzil tanlashdan oldin barcha variantlar bilan tanishib chiqish tarafdorlariga juda qo‘l keladi. Xullasi kalom, «Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi», deganlaridek, keltirilgan manzillarni go‘yoki ichida yurgandek taassurot bilan tomosha qilish uchun saytga tashrif buyurish yetarlidir.