VIDEO: qayishqoq OLED-ekranli buklama smartfonni ishlayotgan holatida ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  862
  •  13.04.2018 12:27

VIDEO: qayishqoq OLED-ekranli buklama smartfonni ishlayotgan holatida ko‘ring!

2017 yildan buyon ko‘plab yetakchi texnokompaniyalar buklanuvchi displeyga ega mobil qurilma yaratish ustida ishlashmoqda. Hatto ayrim smartfonsozlar bunday devays uchun patent olishgan ham.

O‘QING: Huawei yana oldinda: ilk qayrilma smartfonni shu yildayoq ko‘ramiz!

Tayvan Sanoat texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari esa allaqachon shunday smartfon prototipini tayyorlashga ham ulgurishibdi! Unda OLED – organik yorug‘lik diodlari texnologiyasiga asoslangan qayishqoq displey qo‘llangan.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Qayishqoq displeyli buklama smartfonlar yaratishdagi asosiy muammolardan biri – bunday qurilmalarning yaroqlilik muddati uzoqqa bormasligidir. Yuqoridagi prototipni ishlab chiqqan xodimlarning ta’kidlashlaricha, u tijorat maqsadida chiqariladigan mahsulotga maksimal darajada yaqinlashtirilgan. Ushbu qurilma 200 000 marta ochib-yopishga mo‘ljallangan; hatto kuniga 150 marta ochib-yopganda ham bunday smartfonni taxminan 4 yil ishlatish mumkin.

Shunday form-faktorga ega smartfonlarni yaratish ustida Samsung, Huawei, LG va hatto Apple ham ishlamoqda.

O‘QING: Buklama iPhone’ning chiqish vaqti aytildi (+video)