WannaCry insoniyatga rekord summada zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi

WannaCry insoniyatga rekord summada zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi

Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, global miqyosidagi so‘nggi eng yirik kiber-virus — WannaCry’ning 1 haftalik hujumi Internet tarixida jahon iqtisodiyotiga rekord miqdorda zarar keltirgan navbatdagi hakkerlik xuruji bo‘ldi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu zarar kamida $1 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu to‘g‘rida axborot xavfsizligi bilan shug‘ullanuvchi KnowBe4 kompaniyasi ma’lum qilmoqda.

Ushbu mablag‘ning miqdorini hisoblashda ekspertlar jahon miqyosida yirik kompaniya va tashkilotlar, oddiy foydalanuvchilar yo‘qotgan ma’lumotlar, ishdan chiqqan tizimlar oqibatida tushib ketgan mehnat samaradorligi, tergov va surishtiruv jarayonlari uchun qilingan xarajatlar, tashkilotlar nufuziga yetkazilgan zarar hamda boshqa omillarni inobatga olganlar.

12 may kuni Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterlarga yo‘naltirilgan virus sayyoramizning 150 ta mamlakatidagi 200 mingdan 300 mingtagacha bo‘lgan qurilmalar faoliyatini ishdan chiqargan. Shu bilan birga, hakkerlar tovlamachi-virus shifrlarb qo‘ygan ma’lumotlarni asl holiga qaytarish uchun har bir “qurbon”dan $300 dollardan mablag‘ so‘rashgan. Hozirgacha ular buning orqasidan $126,742 dollar ishlab topishga erishganlar.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.