WhatsApp’ga uzoq kutilgan funksiya joriy etilib, u eng zo‘r messenjerga aylanyapti!

  •   DiMaX
  •  1600
  •  22.05.2018 12:55

WhatsApp’ga uzoq kutilgan funksiya joriy etilib, u eng zo‘r messenjerga aylanyapti!

Internet asriga kelib kishilar mobil aloqaning o‘zidan ham ko‘ra, turli messenjerlar yordamida o‘zaro muloqot qilishni afzal bilishmoqda. Shulardan biri – WhatsApp ilovasi dunyoda eng keng tarqalgan messenjerlar qatoriga kiradi.

WhatsApp’ning Android hamda iOS tizimlari uchun ishlab chiqilgan ilovalarida nafaqat ovozli so‘zlashuv, balki videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ham borligini bilasiz. Shuningdek, yaqinda unda bir necha yuzer ishtirokidagi – guruh tarzidagi audio- va videoqo‘ng‘iroqlar ham sinovdan o‘tkazila boshlagan.

O‘QING: WhatsApp guruhli ovozli va videosuhbatlarni sinovdan o‘tkazmoqda

Kuni kecha chiqqan xabarga ko‘ra, WhatsApp’da allaqachon guruhli videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ishga tushgan. Bu yangi funksional har ikkala mobil operatsion tizimdagi messenjer uchun ham joriy etilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur funksiya yordamida bir vaqtning o‘zida to‘rt nafargacha WhatsApp foydalanuvchisi bitta guruhga birlashib videomuloqot qila oladilar.

Biroq WhatsApp’dagi yangilanishlar turli hududlar va operatsion tizim talqinlari orasida bosqichma-bosqich joriy etilayotgani bois, O‘zbekistondagi yuzerlarga qachon navbat yetib kelishi hozircha aniq emas. Vaqti kelganida, videoqo‘ng‘iroq funksiyasiga ega WhatsApp ilovasini o‘rnatib (yoki yangilab) olish uchun Apple gadjetlari sohiblari mana bu, Android-devayslar egalari esa mana bu havola orqali o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!