Windows 10’da kirish parolini olib tashlaymiz

  •   DiMaX
  •  1227
  •  01.02.2017 10:57

Windows 10’da kirish parolini olib tashlaymiz

Windows 10 operatsion tizimi foydalanuvchilari duch keladigan asosiy muammolardan biri – unda tizimga kirish parolini olib tashlash avvalgi versiyalardagi kabi emas. Axir, ayrim foydalanuvchilar ishonchli joydagi o‘z shaxsiy kompyuteridan kirgani uchun ham, kirish parolidan foydalanishni ortiqcha, deb hisoblashadi.

Xo‘sh, bu parolni qanday olib tashlaymiz?

  1. Foydalanuvchilarning akkauntlari

Windows 10 tizimida parolni o‘chirib qo‘yish uchun, dastlab tizim foydalanuvchilarining akkauntlari – «Uchetnie zapisi polzovateley» bo‘yicha sozlamalarga kirish lozim bo‘ladi. Buning uchun esa avval «Windows (pusk) + R» tugmachalarini birgalikda bosamiz. Quyidagicha oynacha chiqishi kerak:

  1. Sozlamalarga kirish buyrug‘i

Endi shuning sozlamalariga o‘tish uchun, oynachadagi maydonchaga «netplwiz» yozuvini kiritib, pastidagi «OK» yoki klaviaturamizdagi «Enter» tugmachasini bosamiz.

  1. Galochkani olib tashlaymiz

Ochilgan oynachada foydalanuvchining ismi va parolini kiritishni talab etuvchi «Trebovat vvod imeni polzovatelya i parolya» qatori bor. O‘shaning boshidagi galochkani olib tashlab, «OK»ni bossak bo‘ldi.

Mana, endi kompyuterni o‘chirib yoqib, parolni so‘ramasligini tekshirish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.