Windows 10’da vazifalar panelini butkul shaffof qilamiz

  •   DiMaX
  •  1524
  •  30.06.2017 15:43

Windows 10’da vazifalar panelini butkul shaffof qilamiz

Microsoft’ning operatsion tizimi o‘ninchi versiyasida tashqi ko‘rinishni o‘zgartirish uchun ko‘plab imkoniyatlar bor. Ammo vazifalar panelini xuddi Chrome OS’dagi singari butunlay shaffof qilishning iloji yo‘q. Bunda bizga bepul TranslucentTB utilitasi yordamga keladi.

TranslucentTB ilovasi Windows 10 tizimiga yanada yangicha hamda qiziqarli qiyofa baxsh etadi. Buning uchun dasturni ishlab chiquvchining saytidan mana bu havola orqali yuklab olish kerak bo‘ladi. Ko‘chirib olgach, arxivni ochib, TranslucentTB.exe bajariluvchi faylini ishga tushirasiz. Shunda tizim treyida (bosh ekranning pastki o‘ng burchagida) turli ranglardagi nuqtalarga ega yangi belgicha paydo bo‘ladi. Uning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertasiz va utilitaning ish rejimlaridan birini tanlab olasiz.

Ushbu dastur vazifalar panelini butunlay ham, qisman ham (Blur effekti) shaffof ko‘rinishga keltira oladi. Shuningdek, maxsus dinamik rejim ham mavjud: unda panelning shaffoflik darajasi ayni damda faol bo‘lib turgan dastur oynasining to‘liq ekranni qoplagan yoki yo‘qligiga qarab avtomatik sozlanadi. Ammo mazkur rejim hozircha sinov bosqichida, shu bois hamisha ham to‘g‘ri ishlayvermasligi mumkin.

Xo‘sh, kompyuter yoki noutbukingizdagi ish stolingiz yanada chiroyliroq ko‘rinishi uchun TranslucentTB’ni yuklab olasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!