Windows 10 dasturi Qualcomm Snapdragon chiplarida ishlashni boshlaydi

Windows 10 dasturi Qualcomm Snapdragon chiplarida ishlashni boshlaydi

Qualcomm Snapdragon protsessorlarida ishlaydigan ilk kompyuterlar kelgusi yilda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda China-Review nashri. Bu haqda Microsoft va Qualcomm kompaniyalari kuni kecha o‘tkazilgan WinHEC 2016 konferensiyasida ma’lum qilganlar. Snapdragon 835 Windows 10 dasturiga butunlay mos keladi va bu omil ARM-protsessorlarning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Foydalanuvchilar mobil gadjetlarda ushbu protsessor yordamida Windows dasturlari, jumladan, Win32 dasturlarini (MS Office, Adobe Photoshop va o‘yinlar) ishga tushirishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu jarayon yangi emulyator orqali amalga oshiriladi.  Qualcomm Snapdragon chiplari Windows qurilmalariga Wi-Fi va LTE, 5G, eSIM, barmoq izi skaneri va tezkor zaryadlash kabi funksiyalarni qo‘llash imkonini beradi. Shu bilan birga, bunday chiplar faol sovutish talab etilmaydigan va ishlash muddati uzoq bo‘lgan ixcham devayslar tayyorlashga yo‘l ochadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!