Windows’ning ko‘pchilik bilmaydigan uchta qulay funksiyasi

  •   DiMaX
  •  3884
  •  23.02.2019 15:57

Windows’ning ko‘pchilik bilmaydigan uchta qulay funksiyasi

Microsoft dasturchilari Windows operatsion tizimiga muntazam tarzda yangi funksiyalar joriy etib kelishadi. Ammo foydalanuvchilar ko‘pincha ulardan bexabar qolishadi va bu qulayliklardan foydalanishmaydi.

O‘QING: Begona ko‘zdan saqlash uchun Windows’da fayllar va jildlarni surat fayliga yashiramiz

Bugun aksariyat yuzerlar foydalanmaydigan shunday funksiyalardan uchtasi haqida ma’lumot bermoqchimiz.

1. Ekran lupasi

Ekrandagi tasvirni kattalashtirib ko‘rsatuvchi jihoz – Ekran lupasi haqida ayrimlar umuman eshitmagan ham bo‘lsa kerak. Lekin bir ishlatib ko‘rsangiz, uning qanchalik foydali ekanligiga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz.

Ushbu lupani endi tugmachalar kombinatsiyalari orqali ham faollashtirish va o‘chirish mumkin bo‘ladi:

  • Win + «+» (raqamlar panelidagisi) – Ekran lupasini yoqish, ikkinchi marta bosganda tasvi 200 foizga kattalashadi.
  • Win + «-» (raqamlar panelidagisi) – masshtabni kichraytirish.
  • Win + Esc – Ekran lupasini o‘chirish.

Ekran lupasi brauzerdagi Ctrl +/- kombinatsiyasidan ko‘ra qulayroq, chunki Win + «+» kombinatsiyasi hech bir istisnosiz barcha dasturlarda ishlaydi.

2. Sichqonchani klaviaturadagi tugmachalar orqali boshqarish

Ba’zida sichqoncha ishlamay qolishi mumkin, shunday hollarda kompyuterda ishlash qiyin bo‘ladi. Noutbuklarda-ku buni tachbar orqali amallasa bo‘ladi, desktop kompyuterlarda-chi?

Windows 10 tizim talqinida buni raqamlar panelidagi tugmachalar orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Buning uchun Win + I tugmachalar kombinatsiyasini bosib, «mish» so‘zini terasiz. Kursorni siljitish strelkalari orqali «Vklyucheniye i otklyucheniye upravleniya ukazatelem mishi s klaviaturi» bandini ochasiz.

Ushbu funksiyani ham, so‘ng Ctrl tugmachasi bosilganida kursorning harakatini tezlashtirishni ham yoqib qo‘yasiz.

Endi Num Lock bosib qo‘yilgan holda ekrandagi sichqoncha ko‘rsatkichini nisbatan qulay siljita olasiz. Bunda «2», «4», «6», «8» klavishlari sichqoncha kursorini tegishli yo‘nalishda harakatlantirsa, «0» (nol) – sichqonchaning oddiy (chap) tugmachasi, «5» esa – o‘ng tugmachasining vazifasini bajaradi.

3. Taym-layn – so‘nggi amallar va ochilgan dasturlar ro‘yxati

Windows 10 tizimli qurilmangizda Win + Tab tugmachalarini baravariga bossangiz, yangi – taym-layn rejimi ochiladi. Unda eng so‘nggi ochilgan dasturlar va hujjatlar aks etadi, o‘ng tomondagi skrollni pastga surib, bugun, kecha va oldingi kunlari shu kompyuterda ochilgan fayllar ro‘yxatini ko‘ra olasiz.

Shuningdek, bu rejimda yuqori chap burchakdagi tugmacha orqali yangi ish stoli yarata olasiz, so‘ng esa ayni shu Win + Tab tugmachalari kombinatsiyasi yordamida ularning biridan boshqasiga o‘taverasiz.

O‘QING: Windows’da faylni ochmasdan turib uning ichidagilarni tezkor ko‘rish yo‘li bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!