Xiaomi 10 dollarlik simsiz “sichqoncha” ishlab chiqarmoqda

Xiaomi 10 dollarlik simsiz “sichqoncha” ishlab chiqarmoqda

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi qulay va jozibador shakldagi kompyuter sichqonchasini namoyish qildi. Bu qurilma qo‘l panjasi u qadar katta bo‘lmagan foydalanuchilar uchun ayni muddao. Mazkur gadjet kompaniya 6-9 aprel kunlari o‘tkazishni mo‘ljallayotgan Mi Festival of 2017 doirasida sotuvga chiqariladi.

Xiaomi ushbu yangi mahsuloti $10 dollar bahosida sotiladi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bu elektron boshqargich qurilma foydalanishga qulay shaklda ishlab chiqarilgan. U kompyuterga USB portiga ulanadigan to‘lqin uzatkich qurilma orqali chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan kanal orqali ulanadi.

Sichqonchadagi optik sensor sig‘imi 1200 dpi (dpi — har dyuymdagi belgilar miqdori)’ga teng. Ya’ni, har 1 dyuym (25.5 mm) harakatlanganida sichqonchada 1200 ta o‘zgarish sodir bo‘ladi. Sensor sig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, kursorni oson qo‘yish va uni yaxshi harakatlantirish mumkin bo‘ladi. Xiaomi sichqonchasi uchun bu juda yuqori natija, Misol uchun, Windows’ning ofis ilovalarida va aksariyat grafik-tasvir bilan ishlanadigan ilovalarda optik sensor sig‘imi 800 dpi bo‘lgan sichqonchalar talab etiladi.

Bosh barmoq o‘rnashadigan joyda “orqaga” buyrug‘ini berish uchun maxsus tugmacha bor. Undan brauzer hamda turli ilovalarda foydalanish mumkin. Qurilma korpusi ultrabinafsha nurlarga chidamli, kirni yuqtirmaydigan va barmoq izlarini yuqtirmaydigan yuqori sifatli materialdan tayyorlangan.

Xiaomi bu sichqonchani oq hamda qora ranglarda ishlab chiqaradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.