Xiaomi 13 sifatli renderlarda!

Xiaomi 13 sifatli renderlarda!

Bir necha kun oldin internetda Xiaomi 13 ekanligi aytilgan smartfonning jonli suratlari tarqatildi va u bo'lajak Xiaomi flagman smartfonlari yana yangicha kamera dizayniga ega bo'lishi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlagan edi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlarda unga asoslangan sifatli renderlar ham paydo bo'ldi. Konsept dizayn Xiaomi 13'ning kamera oroliga aniqroq nazar tashlash imkonini beradi.

Ko'rish mumkinki, kvadrat shaklidagi kamera oroli uchta sensorlarini o'z ichiga oladi: chap tomondan ikkitasi ustma-ust alohida chiziqlar bilan ajratilgan bo'lsa, o'ng tomonda uchinchi kamera va uning ostida Leica brend nomi bilan LED chiroq o'rnatilgan. To'g'ri, bir necha kun avval biz ko'rgan jonli suratda Leica emas, Laser yozuvi tushirilgan edi, yoxud renderlar 100% aniqlikda emas, ular shunchaki bo'lajak smartfonning umumiy dizayni haqida ma'lumot berish uchun yaratilgan.

Mish-mishlarga ko'ra, Xiaomi 13 yoki Xiaomi 13 Pro modeli Sony'ning 50 megapikselli IMX989 kamera sensori bilan jihozlanadi va u, ehtimol, avvalgilaridan kattaroq o'lchamda bo'ladi. Shuningdek, Xiaomi 13 seriyasi Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan MIUI 14'da ishlaydigan ilk smartfonlar bo'lishi kutilmoqda. Garchi ranglar haqida biron nima deyish qiyin bo'lsada, Xiaomi 13 smartfonlari katta ehtimol bilan qora va oq rangli variantlarga ega bo'ladi. Ular noyabr oyida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi 13 Pro qanchalik tez zaryadlanishi ma’lum bo‘ldi