Xiaomi 2020 yilgacha jahon bo‘ylab 1000 ta firma do‘konlarini ochadi

Xiaomi 2020 yilgacha jahon bo‘ylab 1000 ta firma do‘konlarini ochadi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2020 yilgacha jahon bo‘yicha 1000 ta firma do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Shanghaidaily nashri kompaniyaga tayangan holda xabar berdi.

Xiaomi o‘zining birinchi mahsulotini 2011 yilda namoyish qilgan edi. Shundan beri kompaniya innovatsion qurilmalarni ishlab chiqarishda yuqori natijalarni qayd qilib kelmoqda. Faoliyatining avvalida kompaniya, asosan, Xitoy va Osiyo mamlakatlari bozorlariga o‘z e’tiborini qaratgan. Endilikda esa xitoylik yirik firma butun dunyo texnologiya bozoriga shiddat bilan kirib borish maqsadida. Garcha Xitoy ichki bozorida Xiaomi yetarli darajada qudratli raqiblarga ega bo‘lsa-da, u o‘zining sifatli mahsulotlari bilan omma e’tiborini jalb qilib kelmoqda.

Xiaomi direktori Lei Djunning so‘zlariga qaraganda, kompaniya keyingi bir necha yil ichida dunyo bo‘ylab 1000 dan ortiq firma do‘konlarini ochadi. Aynan shu yil davomida firma AQSh va Yevropa mamlakatlarida o‘z do‘konlarini tashkil etishni rejalashtirgan. Buning uchun Xitoy firmasida yetarli salohiyat mavjud. Hatto Apple ta’sischilaridan birib bo‘lgan Stiv Voznyak ham kompaniyaning AQShda katta muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi yaqinda ikkita flagman smartfon va yuqori aniqlikdagi televizorlar seriyasini taqdim etgan edi.