Xiaomi 6 GB tezkor xotirali smartfonni sotuvga chiqaradi

Xiaomi 6 GB tezkor xotirali smartfonni sotuvga chiqaradi

Android Pure resursida Xiaomi Mi5s smartfonining tafsilotlari e’lon qilindi. Ushbu smartfon Xiaomi Mi5 modelining yanada kuchaytirilgan versiyasi hisoblanadi.

Kuchaytirilgan model 6 GB tezkor xotira bilan ta’minlanib, Snapdragon 821 protsessorida ishlaydi. Xiaomi Mi5s ekrani bosim kuchini aniqlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday texnologiya iPhone 6s va iPhone 7 smartfonlaridagi 3D Touch’ning analogi, desak xato bo‘lmaydi.

  • Chipset: Snapdragon 821, 2,4 GGs, grafika Adreno 530
  • Ekran: 5,15 dyuym
  • Xotira (Tezkor / Doimiy): 6 / 256 GB, 4 / 128 GB, 3 / 64 GB
  • Asosiy kamera: 16 MP, optik stabilizatsiya, diafragma f/1.8, ikkita svetodiodli chaqnok, fazali avtofokus, 4K-video (30 kadr soniyasiga), HDR
  • Akkumulyator: 3410 mA/st (minimum) / 3490 mA/st (standart), Qualcomm fast charge 3.0 tezkor zaryadlash texnologiyasi
  • Kommunikatsii: 4G/3G/2G, Wi-Fi , Bluetooth, NFC, USB Type-C
  • Sensor: infraqizil, giroskop, akselerometr, yorug‘lik sensori
  • Gabaritlari: 144.55 x 69.2 x 7.25 mm
  • Og‘irligi: 147 g

Yangi modifikatsiyaning qachon sotuvga chiqarilishi va narxi borasida ma’lumot berilmagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!