Xiaomi’dan $175 dollarga 16 MP qo‘sh sensorli smartfon

Xiaomi’dan $175 dollarga 16 MP qo‘sh sensorli smartfon

2016 yilning iyulida Xiaomi kompaniyasi Redmi turkumidagi eng kuchli smartfoni — Redmi Pro’ni taqdim qilgan edi. Bosh kameradagi har biri 13 megapiksel bo‘lgan 2 ta Sony IMX258 sensorlari uning o‘ziga xos jihati bo‘lgan.

Xiaomi 20 may kuni o‘zining rasmiy sahifasida noma’lum yangi smartfonga xos jihatlarni e’lon qilgan. Biroq, ko‘p o‘tmasdan bu ma’lumotlar saytdan olib qo‘yilgan. Xitoylik insayderlarning yozishlaricha, bu Redmi Pro 2 smartfoni bo‘lgan va kompaniya shu kunlarda uni bozorga tayyorlamoqda. Yangi smartfondagi qo‘sh ob’yektivli bosh kamera har biri 16 megapikselli sensorlari bilan o‘ziga xos.

Bu gadjet ekranida ham avvalgisi kabi, 5,5 dyuymli OLED-paneldan foydalaniladi. Uning apparat platformasi yaqindagina taqdim qilingan, kuchli chiplardan bir qadam orqada bo‘lgan Snapdragon 660 protsessoriga ega bo‘ladi. Tezkor xotira uchun talqiniga ko‘ra, 4 yoki 6 gigabaytli fleshka tanlanadi.

Xiaomi Redmi Pro 2 devaysi 4100 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyatordan quvvat oladi.

Xiaomi Redmi Pro 2’ning $175 dollar bahosida bozorga chiqarilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.