Xiaomi'dan yaxshi smartfon tanlaymiz, bu – oson ish emas!

Xiaomi'dan yaxshi smartfon tanlaymiz, bu – oson ish emas!

So‘nggi natijalarga ko‘ra, smartfon ishlab chiqarishda jahonning yetakchi beshligidan o‘rin olgan Xiaomi shu kunlarda bir necha smartfon turkumida devayslar taqdim qilmoqda. Ulardan ikkitasi flagmanlar turkumi bo‘lsa, bittasi kompaniya imijini belgilaydigan qimmatbaho turkum.

Munosib va kerakli "Syaomi" tanlash oson ish emas: aksariyati raqiblarga qaraganda arzon bo‘lgani bois, har bir apparatning o‘ziga xosligiga hamma ham e’tibor qilmaydi.

Quyida bozorni tobora egallab borayotgan Xiaomi smartfonlariga sharh beramiz.

 

Xiaomi Mi

Mi turkumida bugungi kunda ekrana diagonali 5.2 dyuymli bo‘lgan ixcham flagmanlar ishlab chiqarilmoqda. Bu turkumga xos smartfonlar yildan yilga jahonning eng ilg‘or smartfonlaridan biriga aylanmoqda. Boisi, ular jahondagi boshqa kuchli gadjetlar bilan raqobat qiladi, shuningdek hamyonbop.

Ayni paytda barcha so‘nggi Mi flagmanlari shisha va kerakmika korpuslarda ishlab chiqarilmoqda, ular kuchli "suratkashligi", eng tezkor protsessori bilan, dizayni bilan e’tiborga loyiq. Misol uchun, Mi 6 flagmanidagi kamera texnologiyasini Samsung mutaxassislari ishlab chiqishgan.

O‘qing: Xiaomi Mi 6: kuchli flagman yarim narxida

Xiaomi Mi 6 – kuchli smartfon. Uning Apple, Huawei va Samsung flagmanlaridan qolishadigan jihati yo‘q. Shu bilan birga, ularning yarim bahosida sotuvga chiqarilgan.

Bosh turkumga "qondosh" bo‘lgan quyidagi indeksli modellar ham ishlab chiqariladi: Mi 5C, Mi 5X, Mi 5s. «S» va «X» indeksli telefonlarda — flagman va bozordagi trendga xos jihatlar tatbiq qilinadi. Mi 5S — Xitoy bozori uchun iPhone'ga o‘xshab ketadigan dizayndagi model.

O‘qing: Mi 5X: arzon beillat bo‘lar – Toshkentga yetib kelgan "Xiaomi"ni "kashf qilamiz"

Ayni paytdagi yuqori model: Xiaomi Mi 6. Keramika va shisha korpuslarda ishlab chiqariladi.  DxO ekspertlarining fikricha, bu smartfon iPhone 7 bilan bir xil surat oladi. Bu devaysga hozircha eng ilg‘or bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 835 protsessori o‘rnatilgan.

O‘qing: Xiaomi Mi5S: nomdor smartfonlarni uyaltirgan “xitoylik”

Muhim tavsiya: Xiaomi Mi 5s Plus. 5,7 dyuymli nostandart ekran diagonali, metall korpusi bilan o‘ziga xos flagmanda 2016 yilda eng ilg‘or bo‘lgan Snapdragon 821 chipseti,  iPhone 7 Plus'ga o‘xshash qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan diqqatga sazovor. Ayni paytda ancha arzonlashib, o‘rta narxli devayslar safiga qo‘shilgan.

Xiaomi Mi Note

5,5 dyuymli ekranga ega bu smartfonni "flagman-smartped" desa ham bo‘ladi. Bu turkum a’zolari flagman protsessor, sifatli kamera, ovoz sifati uchun audiochip va sifatli ekran bilan o‘ziga os bo‘ladi.

Ayni paytda eng yuqori model: Xiaomi Mi Note 3. An’anaga zid ravishda, bu model yetakchilardan bir oz orqada bo‘lgan Snapdragon 660 (Snapdragon 821 tezkor) protsessori bilan ta’minlangan. Xiaomi smartfonlari orasida eng yaxshi kameraga ega. Arzon va yoqimli dizayni bilan o‘ziga tortadi.

Muhim tavsiya: Mi Note 2 qayrilma ekran va kuchli protsessori bilan maqtana oladi. Yangi model chiqishi bilan uning narxi tushib ketdi.

Umuman olganda, bir narsani eslab qoling: Note qo‘shimchasi — bu brendning ekrani 5,5 dyuymdan katta bo‘lgan smartfonlariga nisbatan ishlatiladi. Redmi qo‘shimchasi esa — bu smartfonning hamyonbop ekanini anglatadi.

Diqqat: Xiaomi Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini qulay narxlarda oling!

Xiaomi Redmi

5 dyuymli ixcham va arzon smartfonlar turkumi. HD sig‘imli ekrani bilan o‘ziga xos. Xiaomi'ga xos "oltin standart" — arzon, biroq nisbatan tezkor va sifatli. 150 dollargacha bo‘lgan devayslar orasida eng yaxshisi va 120 dollardan boshlab sotiladi.

Uning asosiy jihati nima? Bular: to‘liq metall korpus, arzon deb bo‘lmaydigan yaxshi protsessor va ekran. Bu turkumning bosh o‘ziga xosligi — uzoqqa dosh beradigan akkumulyator. Redmi turkumi ham juda tez-tez yangilanadi.

Ayni paytda yuqori model: Xiaomi Redmi 5. Romsiz dizaynli smartfonlar orasida eng arzoni. 5,7 dyuymli yorqin ekrani va yangi kamerasi bilan o‘ziga xosdir.

Muhim tavsiya: Redmi 4X bu turkumning eng yaxshi va puliga munosiblikda tengsiz devaysi. Tezkor ishlashi hamda akkumulyatorining chidamliligi bilan bozorda beqiyos. Axir 2 sutka "turib beradigan" yana biror devaysni topish osonmi?

 

Xiaomi Redmi Note

5,5 dyuymli, Full HD sig‘imli ekranga ega, o‘rta narxli smartfon. Xiaomi bu turkumni bekorga chiqarmagan. Quvvatdorlikda Redmi Note 4/4X bosh bo‘lsa, ekran borasida Redmi Note tengsizdir.

O‘ziga xosligi — mazkur turkumga xos 5-avlod smartfonlari bir necha talqinlarda ishlab chiqarilmoqda. Redmi Note 4 Xitoy bozori uchun chiqarilgan va to‘liq metall korpus, Mediatek protsessoriga ega bo‘lgan.

O‘qing: Redmi Note 4 – yaxshi va arzon smartfon hammaga yetadi!

Undan so‘ng Redmi Note 4X bozorga chiqarildi. Bunisi nisbatan ilg‘or Snapdragon protsessori hamda korpusdagi plastik uloqlar bilan ajralib turadi. 3/16 Gb sig‘imli tezkor xotiraga ega bu model turli-tuman rangdagi korpuslarda ishlab chiqarilmoqda.

O‘qing: Xioami  Redmi Note 4X: «X»ning siri nimada?

Ayni paytda yuqori model: Xiaomi Redmi 5 Plus. 5,99 dyuymli ekran (Full HD+) va romsiz. 

Muhim tavsiya: Snapdragon chiplariga ega smartfonlar orasida Redmi Note 4X'ga biror munosib raqib yo‘q. Agar sizga pishiq-puxta va ishonchli arzon smartfon kerak bo‘lsa, aynan shu modelni xarid qiling.

 

Xiaomi Redmi/Redmi Note 4a/5a

Ultra-hamyonbop ixcham va HD-ekranli smartped! Oddiy Redmi/Redmi Note turkumidan bir oz katta ekrani bilan ajralib turadi. Biroq, arzon bo‘lgani bois, protsessori ham nisbatan kuchsizroq va barmoq izi skaneridan mahrum bo‘lgan. Bu turkum vakillari to‘liq plastik korpusi bilan ajralib turadi. Xiaomi'ning eng arzon smartfonlari.

O‘qing: Xiaomi Redmi Note 5a — "Malika"dagi eng arzon kamerafon!

Ayni paytda yuqori model: Redmi 5a. Bu model 100 dollargacha bo‘lgan smartfonlar orasida mutloq g‘olib. Uning muqobilini topish – imkonsiz. Redmi Note 5a 5,5 dyuymli ekrani va yaxshi kamerasi bilan o‘ziga xos.

Xiaomi A

Xiaomi va Google hamkorligining mevasi bo‘lgan bu turkum qisqa vaqtda nihoyatda ommalashdi. Texnik imkoniyatlari "Mi" turkumiga xos, biroq operatsion tizimi "toza" Android bo‘lgan devayslar xalqaro bozorga mo‘ljallangan.

Ayni paytda yuqori model: Xiaomi A1 (Xitoyda Mi5X) — kompaniyaning «toza», ya’ni o‘zlashtirilmagan Android tizimida ishlaydigan yagona modeli. Bu turkum operatsion tizim bilan Google tomonidan ta’minlanadi va unga hozirgi vaqtda eng so‘nggi bo‘lgan "Oreo" proshivkasini yangilab olish mumkin. Dizayni ayfonga xos, ya’ni qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan ko‘rkam ko‘rinadi.

Muhim tavsiya: Odatda bu turkumning muqobili bo‘lgan xitoycha talqini nisbatan arzon bo‘ladi. Misol uchun, Mi 5X ancha arzon va unga ham "A1" kabi xalqaro proshivkani yuklab olish mumkin.

Xiaomi Mi Max

6,44 dyuymli ekranga ega deyarli planshet. Yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilar ulkan smartfonlardan voz kechayotgan bir paytda, Xiaomi uni rivojlantirmoqda.

O‘qing: Nihoyat, hamyonbop "mobil kinoteatr" endi “Malika”da!

Ayni paytda yuqori model: Xiaomi Mi Max 2 — eng yaxshi mini-planshet yoki supersmartfon. Sifatli kamera va rekord darajadagi chidamli akkumulyatori bilan nihoyatda ilg‘or.

Planshetlar tobora urfdan chiqib borayotgan bu davrda, nisbatan ulkan ekranli fabletlar yaxshi ommalashmoqda. 6,4 dyuymli Mi Max 2 esa shunchaki smartfon emas. Boshqa gigant-modellar bilan taqqoslab ko‘rganda, Mi Max 2 sifati hamda imkoniyatlari, shuningdek narxi bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

 

Xiaomi Mi Mix

Yaponiyaning "Sharp" kompaniyasi doimo ilk romdan xoli ekranli smartfon ishlab chiqargani bilan maqtanadi. Biroq, bu borada Xiaomi jur’at qilib, bu trendni qo‘rqmasdan yuzaga olib chiqqan.

Bu turkum eng qimmatbahosi bo‘lib, kompaniyaning imiji uchun xizmat qiladi. Bu turkum dizayn borasida eng yetakchisi va texnik jihatdan ham eng kuchli xususiyatlarga ega bo‘ladi.

Ayni paytda eng yuqori model: Xiaomi Mi Mix 2. Ishlashi tezkor va ko‘rkam smartfon. Ilk Mi Mix flagmaniga qaraganda ancha pishiq.

Xohlardimki, mendagi smartfon…

Xiaomi brendidan smartfon tanlash uchun yuqoridagi jihatlarni bilish kifoya qiladi. Quyida ana shu xususiyatlarga ko‘ra ularni tahlil qilamiz.

Xohlardimki, mendagi smartfon qoyilmaqom suratga olsin

Bu borada quyidagilarni tavsiya qilamiz: Xiaomi Mi 5s, Xiaomi Mi 5s Plus, Xiaomi Mi Note 3, Xiaomi Mi 6. So‘nggi ikki model ekran diagonali va protsessori bilan farq qiladi. Narxi "og‘irlik" qilmasa, Mi Note 3 bu borada beqiyos.

Ikki kamerali Xiaomi A1 (ingliz tilida ishlata oladiganlar uchun — Mi 5X) kuchli jihatlarga ega sifatli smartfon.

Agar xat-hujjatlarni suratga olish uchun smartfon zarur bo‘lsa, unda  Redmi/Redmi Note 4X ham yaxshi variantlar.

… ko‘rkam va hashamdor bo‘lsin

Shubhasizki, Xiaomi smartfonlari orasida biri o‘ta hashamdor — Mi Mix. Har ikkala avlod ham jozibador. Biroq, kamera borasida u qadar maqtana olmasligi mumkin.

Agar foydalanishga qulay bo‘lsin desangiz, Mi Note 3 yoki Mi 6 yaxshi variant. Ularning o‘lchami va ishlash samaradorligi turlicha. Bu to‘g‘rida yuqorida aytgan edik.

… to‘liq quvvat bilan uzog‘roq ishlasin

Xiaomi Mi Max 2 barcha gadjetlar orasida eng uzoqqa yetadigan akkumulyator bilan ta’minlangan. Energo tejamkor protsessor, operatsion tizim uchun elektr toki sig‘imi 5 000 mA soat bo‘lgan akkumulyator – qoyilmaqom yechim!

Bu masalada ikkinchi o‘rin Redmi Note 4X modeliga tegishli. Rekord o‘rnatmasa ham, biroq bir marta quvvat olib, uzoq vaqt ishlab beradi.

… arzon va sifatli bo‘lsin

Redmi 5a/Redmi Note 5a arzon bo‘lsa ham, yana ozgina qo‘shib Redmi 4X modelidan olgan maqsadga muvofiq.

Xarid chog‘ida umumiy tavsiyalar

Ayni paytda Xiaomi smartfonlarini yurtimizning barcha shaharlarida xarid qilish mumkin. Biroq, ta’mirlash ustaxonalarining yo‘qligi va kafolatning yo‘qligi bu brendni xarid qilishga bir oz ikkilantiradi.  Biroq, bu masalada hozircha ommaviy noroziliklar yuzaga kelmagan.

Shu kunga qadar Terabayt.uz orqali "syaomi" xarid qilganlar yoki bu brendning bizga tanish muxlislaridan ta’mirlash borasida shikoyatlar kelib tushmagan.

Agar sizga ilg‘or va zamonaviy Xiaomi kerak bo‘lsa, yangi model taqdim qilingach, 5-8 oy kuting. Shunda boshqa model taqdimoti arafasida siz ko‘rgan model narxi 20-50% ga arzonlashadi.

Shuningdek, vaqt o‘tishi bilan Xitoyga mo‘ljallangan talqinlar ham xalqaro operatsion tizimga ega bo‘lishadi. Redmi Pro yoki Mi 5X modelida ham shunday bo‘lgan. Natijada, ingliz tilini bilmasangiz, bu modellarga ruscha proshivkani yuklab olsangiz bo‘ladi.

Xiaomi smartfonlaridan nima kutish va kutmaslik kerak?

Xiaomi brendini ko‘p maqtasak ham xato bo‘ladi. Ish bor joyda xato bo‘ladi. hech narsa kam-ko‘stsiz emas!

Xiaomi xarid qilish — MIUI proshivkasini xarid qilish demak. Bu proshivka kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi.

Yaxshi tomoni shundaki, Xiaomi o‘z smartfonlarini tashlab qo‘ymaydi va dasturiy ta’minotini ilg‘or funksiyalar bilan muntazam yangilab boradi.

Xiaomi smartfonlari nimasi bilan yaxshi? Narx va sifat nisbatida oladigan bo‘lsak, bu smartfonlarning ustunligini ko‘rish mumkin. Shuning uchun bu brendni "insofli" deb ataymiz.

Hamyonbop modellari sifatli, qulay va jihatlarga boyligi bilan raqiblaridan yaqqol ustun.

Menda Xiaomi bor! Sizda-chi?