Xiaomi: endi kir yuvish mashinasini smartfondan boshqarishingiz mumkin
Xitoyning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan Xiaomi kompaniyasi MiniJ brendi bilan hamkorlikda “aqlli” kir yuvish mashinasini ishlab chiqaradi. Kir yuvish mashinasining taqdimoti 15 avgust kuni Xitoyda o‘tkazildi.
Qurilma juda ixcham (500 x 415 x 630 mm), bir necha kir yuvish va siqish rejimlari ega bo‘lib, 2.8 kilogrammgacha buyumni yuvish imkoniyatini beradi.
Distansion boshqaruv kir yuvish mashinasining asosiy xususiyati hisoblanadi. Smartfonga o‘rnatiladigan maxsus ilova yordamida nafaqat yuvish jarayonini kuzatib borishingiz, balki uni boshqarishingiz ham mumkin bo‘ladi.
Ushbu maishiy texnika vositasini Xitoy bozorida 225 AQSh dollariga xarid qilish mumkin.