Xiaomi eng arzon Mi TV'ni sotuvga chiqarmoqda

Xiaomi eng arzon Mi TV'ni sotuvga chiqarmoqda

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi TV 4A televizorini taqdim qildi. Mazkur televizorning 32 dyuymli versiyasi $160 dollar narxida sotuvga chiqariladi. Bu  ishlab chiqaruvchining eng arzon televizori hisoblanadi.

Mi TV 4A'ning romlari plastik xomashyosidan tayyorlangan. Model 32 dyuymli Full HD (1366×768 pikselli) ekranga ega. Ekran 178° daraja bo‘lgan ostida ham surat namoyish qiladi. Ekrandagi kadr almashinuvi soniyasiga 60 Ggs.ni tashkil qiladi.    

Mi TV 4A televizori 1,5 Gs chastota tezligida ishlaydigan 4 yadroli Cortex-A53 protsessori, 1 gigabaytli tezkor hamda 4 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Undagi grafik-tasvirlarni qayta ishlashga ilg‘or Mali-450 MP3 video-kartasi mas’ul.

Audio-tizim sifati uchun korpusdagi har biri 5 Vt bo‘lgan 2 ta karnay javobgar. Televizorda 2 ta HDMI porti, AV, USB-port, S/PDIF, Ethernet hamda DTMB portlari mavjud.

Mi TV 4A simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11b/g/n standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Natijada, smartfon va planshetlardagi tasvirni televizorning yirik ekranida bemalol ko‘rish, zamonaviy o‘yinlarni o‘ynash imkoni yuzaga keladi.

Qiziq jihatlar qatoriga televizorda joriy qilingan Smart TV — Xiaomi TV PatchWall aqlli tizimi foydalanuvchining odatlarini tezda o‘rganib oladi va shunga ko‘ra har gal unga kerakli kontentni mustaqil taklif qiladi.

32 dyuymli ekranga ega televizor talqinining sof og‘irligi 3,9 kg, o‘zining podstavkasi bilan birga – 3,94 kg.

Xiaomi Mi TV 4A televizori 23 iyuldan sotuvga chiqadi. Shuningdek, uning 43 dyuymli Full HD sig‘imli displeyga ega talqini raqiblaridan 2 barobar arzonga, ya’ni $304 dollarga baholangan.


Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!