Xiaomi flagmani va realme'ning eng tez quvvatlanadigan smartfoni O'zbekistonga keladi!

Xiaomi flagmani va realme'ning eng tez quvvatlanadigan smartfoni O'zbekistonga keladi!

O'tgan yil oxirida Xiaomi o'zining yangi avlod flagmanlari – Xiaomi 13 seriyasini o'z vatanida, Xitoyda taqdim qilgan edi. Yaqinda esa realme dunyodagi eng tez quvvatlanadigan smartfon, realme GT Neo 5 telefonini chiqardi, albatta, Xitoyda. Endilikda ikkala kompaniyalar ham o'zlarining yangi smartfonlarini global bozorga, xususan, O'zbekiston uchun ham taqdim qilishga tayyorlanishmoqda.

Xiaomi'ning O'zbekistondagi bo'limi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Xiaomi 13 seriyasining rasmiy taqdimoti tizerlari paydo bo'ldi. Katta harflar bilan "Durdona asar ortida" yozuvi tushirilgan poster bizga Leica bilan hamkorlikda chiqariladigan Xiaomi 13 smartfonlarining qachon taqdim qilinishi haqida xabar beradi.

Ma'lum bo'lishicha, Xiaomi 13 smartfonlarining global bozor uchun taqdimoti, ertaga, Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Barcelona'dan olib beriladigan jonli translatsiyani siz to'g'ridan-to'g'ri ushbu havola orqali Xiaomi'ning Facebook sahifasida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Realme Uzbekistan esa bir necha kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda o'zining yangi realme GT3 deb nomlanadigan smartfonini tizer qilmoqda. Uning taqdimoti 28-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi. Ushbu smartfon ham Barselonada bo'lib o'tadigan MWC 2023 tadbiri doirasi taqdim qilinmoqda va buni siz realme'ning rasmiy YouTube sahifasi ulashiladigan jonli efirda ko'rishingiz mumkin.

Ha, realme GT3 biz yaqinda tanishgan realme GT Neo 5 smartfonining qayta nomlangan varianti bo'lib, u dunyodagi eng tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega – 240 Vt. Bunday katta tezlikda realme smartfoni 0 dan 20 foizgacha atigi 80 soniyada, 50 foizgacha 4 daqiqada, 100 foizgacha esa atigi 9 yarim daqiqa ichida quvvatlanadi. 

Tezkor quvvatlanishdan tashqari smartfon orqa tomonidagi kamera oroli yonida ajoyib LED chirog'iga ega. U smartfon holatiga qarab 25 xil rangga kira oladi.

Texnik xususiyatlar borasida realme GT3 smartfoni Snapdragon 8+ Gen 1 chipsetida ishlaydi. Uning asosiy kamerasi 50MP.

O'QING: Sun’iy yo‘ldosh orqali 2 tomonli xabar almashishni qo‘llab-quvvatlaydigan ilk smartfonlar taqdim qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!