Xiaomi hamyonbop Mi 4S smarftonini taqdim etdi
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Mi 5 flagmani bilan bir qatorda, Mi 4S smartfonini ham namoyish qildi. Yangi smartfon 2014 yilda ishlab chiqarilgan qurilmaning yaxshilangan talqini hisoblanadi.
Smartfon yangi dizayn, 5 dyuymlik Full HD displey bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, unga 64-bitlik Qualcomm Snapdragon 808 protsessori o‘rnatilgan. Shuningdek, u 3 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ham ega.
Asosiy kamera 13 megapikselli bo‘lsa, old kamera – 5 megapiksel. Akkumulyator sig‘imi 3260 mAsni tashkil qiladi. Telefonning orqa qismida barmoqlar skaneri mavjud. Yangi gadjet to‘rt xil rangda savdoga chiqariladi: oq, pushti, qora va tilla rang.
Qurilma savdosi Xitoyda 1 martdan 260 dollardan boshlanadi.