Xiaomi hamyonbop Redmi Pro 2’ni tayyorlamoqda

Xiaomi hamyonbop Redmi Pro 2’ni tayyorlamoqda

Xiaomi kompaniyasi hamyonbop smartfonlar bozori uchun yana bir ilg‘or va arzon gadjetni tayyorlamoqda. MiNews nashrining ma’lumot berishicha, Redmi Pro 2 uchun maxsus protsessor joriy yilning ikkinchi yarmida tayyor bo‘ladi.

Smartfon jihatlariga ko‘ra kompaniyaning Mi Max devaysini eslatib yuboradi. Unga Qualcomm Snapdragon 660 protsessori o‘rnatiladi. Hozircha mazkur protsessor smartfon bozorining birorta gadjetida o‘rnatilgani yo‘q. Uning 8 ta yadrosi bo‘lib, 4 ta Cortex A73 yadrosi 2,2 GGs chastota tezligida ishlaydi. Qolgan 4 ta yadro uchun 1,9 GGs chastota tezligiga ega Cortex A53 mas’ul. Shu bilan birga, Redmi Pro 2’dagi Adreno512 rusumli grafik yadro UFS 2.1 standartini qo‘llab-quvvatlaydi va 1866 MGs chastotat tezligida ishlaydi. Sodda qilib aytganda, protsessor samarali faoliyat ko‘rsatadi.

The Wall Street Jouranal nashrining yozishicha, xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchi yaqin orada Pekindagi zavodlaridan birida Pinecone nomli shaxsiy protsessorlarini ishlab chiqara boshlaydi. Mazkur “elektron yurak” ilk marotaba navbatdagi flagman — Mi6 gadjetida joriy qilinadi. Hozircha, Apple, Samsung va Huawei kabi jahonning yirik texnologiya ishlab chiqaruvchilarigina o‘z mahsulotlari uchun protsessor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!