Xiaomi Mi 5X: "290 dollarlik iPhone 7 Plus"mi? (suratlar)

Xiaomi Mi 5X:

26 iyulda taqdim qilinadigan Xiaomi Mi 5X o‘rta narxli smartfonlar bozoriga flagmanlarga xos jihatlar bilan kirib keladi. 5.5 dyuymli Full HD displey va yangi Qualcomm Snapdragon 625 protsessori, 4 gigabaytli tezkor xotirasi hamda 12 megapikselli qo‘sh ob’yektivli bosh hamda 16 megapikselli old kamerasi bilan yangi smarfton raqiblari savdosiga kuchli zarba berishi mumkin.

Shuningdek,  barmoq izlari skaneri, elektr toki sig‘imi 3000 mA soat akkumulyatorga ega Xiaomi Mi 5X kutilayotganidek 1,999 yuan, ya’ni $295 dollarga baholanadigan bo‘lsa, o‘rta narxli smartfonlar bozorida yaqin vaqt ichida narx borasidagi ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lish mumkin..

Qolaversa, xitoylik insayderlarga ko‘ra, tinim bilmas Xiaomi bu modelning yanada kuchliroq talqinini ishlab chiqarmoqchi. Bu versiya nisbatan kuchli Snapdragon 660 protsessori va 6 gigabaytli tezkor xotira bilan ta’minlanadi.

Metall korpusli Xiaomi Mi 5X dizayniga ko‘ra, iPhone 7 Plus'ni eslatib yuborsa ajab emas. Aksariyat ekspert va foydalanuvchilar uni amriqolik flagman "qiyofasini" o‘g‘irlashda ayblashmoqda.


Bu esa iPhone 7 Plus:

Xiaomi Mi 5X kompaniyaning keyingi avlod operatsion tizimi bo‘lmish MIUI 9 proshivkasida ishlaydigan ilk gadjet bo‘ladi. Shu munosabat bilan, Xiaomi shu kuni uzoq kutilgman mazkur tizimni ham rasman namoyish qiladi.

Mazkur taqdimot tafsilotini bizda kuzatib boring.