Xiaomi Mi 5X: arzon smartfon yaxshi surat oladi

Xiaomi Mi 5X: arzon smartfon yaxshi surat oladi

26 iyulda taqdim qilingan Xiaomi Mi 5X ilg‘or MIUI 9 operatsion tizimida ishlaydigan ilk smartfon. Shu bilan birga, bu devaysda qo‘sh ob’yektivli bosh kamera joriy qilingan. Bu kameraning ishlash texnologiyasi ayni paytda jahonning eng kuchli flagmanlarida joriy qilinmoqda.  

Xiaomi Mi 5X 220 dollarga narxlangan. Xiaomi kompaniyasi yangi "aqlli telefon"ida olingan ilk suratlarni e’lon qildi. Bu suratlar smartfondagi "portret" janrida olingan.

Xiaomi Mi 5X sensorlari Mi 6'niki bilan bir xil. 12 Mp keng burchakli hamda 12 Mp «telefoto» linzali modullar. Bu modullar manzarani professional effektlar bilan muhrlash imkonini beradi.

Kamera tezkor fazali avtofokus tizimi hamda 2 tusli svetodiodli fotochaqnoq bilan ta’minlangan. Ishlab chiqaruvchi avval xabar qilganidek, Xiaomi Mi 6 kabi, Mi 5X kamerasi ham orqa fonni g‘ira-shira qilib oluvchi portret janriga ega bo‘lgan.

Old kamera esa 16 megapikselli Full HD video (sekundiga 30 ta kadr) tasvirga oluvchi datchigi bilan o‘ziga xos.

5.5 dyuymli HD ekran, 4 gigabaytli tezkor xotiraga ega Xiaomi Mi 5X olgan suratlar OnePlus 5 va Honor 8 Pro flagmanlarining imkoniyatlaridan qolishmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!