Xiaomi Mi 6 2017 yil fevral oyida MWC ko‘rgazmasida taqdim etilishi mumkin

Xiaomi Mi 6 2017 yil fevral oyida MWC ko‘rgazmasida taqdim etilishi mumkin

Joriy yilning fevral oyida Xitoyning Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi 5 smartfonini taqdim qilgan edi. Garchi mantiqan hali Xiaomi Mi 6 taqdimoti haqida gapirishga ertaroq bo‘lsa-da, internet tarmog‘ida ushbu flagmanga qarashli yangi tafsilotlar tez-tez uchrab turibdi.

Yaqinda IHS kompaniyasining rahbari Kevin Vong Xitoyning Weibo tarmog‘ida Xiaomi Mi 6 flagmani taqdim etiladigan taxminiy sanani e’lon qildi. Bundan tashqari, u flagmanning texnik parametrlari to‘g‘risida ham qisqacha to‘xtalib o‘tgan. Unga ko‘ra, Xiaomi Mi 6 xuddi Samsung Galaxy S8 cingari Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘ladi va 2017 yilning mart oyida sotuvga ham chiqarilishi mumkin.

Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, Xiaomi Mi 6 va Samsung Galaxy S8 flagmanlari kelasi fevral oyida MWC ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola qilinishi ehtimoldan xoli emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!